Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
Seminar mashg`ulotida o`qitish texnologiyasi Vaqti-8 soat. Talabalar soni: 15-30 nafar. O`quv mashg`ulotining shakli Binar seminar munozara. Seminar mashg`uloti rejasi 1. Makroiqtisodiy muvozanat va uning namoyon bo`lish shakllari. 2. Klassik va Keynschilik nazariyalarida ja`mi talab va ja`mi taklif tengligini ta`minlashda davlatning roli. 3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning rejalashtirish va bashorat qilish shakli. 4. Funktsional iqtisodiy tizimlar va davlat boshqaruvi. 5. Jahon moliyaviy inqirozi sharoitida O`zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashda davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari O`quv mashg`ulotining maqsadi: milliy iqtisodiyotning nisbatlari va muvozanatlari to`g`risida olingan bilimlarni mustahkamlash, muammoli masalalarni hal etish qo`nikmalarini rivojlantirish. Pedagogik vazifalar: - mavzu bo`yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish; - o`z fikrini ilgari surish asoslash, muzokara qilish ko`nikmalarini rivojlantirish; - muammoli vazifalarni yechishni faollashtirishni rag`batlantirish; - muammoli vazifalarni yechishda eng yaxshi yechimlarni tanlash va baholash ko`nikmalarini hosil qilish; - kommuniktsiya, guruhda ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish. O`quv faoliyatining natijalari: Talaba: - makroiqtisodiy muvozanatga ta`rif berish va unga erishish mexanizmlarini tasvirlash; - makroiqtisodiy muvozanatga erishishning bozor mexanizmlarini yoritish; - yalpi xarajat va ishlab chiqarish hajmi shuningdek, jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usullarini tavsiflash; - O`zbekistonda maroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash masalalarini sanash. O`qitish usullari va texnikasi Munozara, muammoli usul. To`g`ridan-to`g`ri jamoaviy aqliy hujum, BG’BG’B jadvali O`qitish vositalari O`quv qo`llanmalar, o`quv daftarlari, A32 kattaligidagi qog`oz, marker, skotch. O`qitish shakllari Frontal, guruh va jamoada ishlash. O`qitish sharoitilari Texnik ta`minlangan, guruhlarda ishlashga moslashtirilgan auditoriya. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling