Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

13-masala. 
Tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat 6 soatni tashkil etadi. 1 gramm 
oltin qazib chiqarish uchun 0,3 soat sarflanadi. 1 dollarning oltin mazmuni 0,888 g. Agar oltin 
qazib chiqarish sanoatida mehnat unumdorligi 1,5 marta oshirilsa, tovarning qiymati oltinda va 
dollarda qanday o`zgaradi?
14-masala. 
Ishlab chiqarish vositalariga sarflangan xarajatlar tovar qiymatining ¼ qismini tashkil etib
o`zgarmay qolsa, jonli mehnatning unumdorligi yiliga 10%dan ortib borsa, necha yildan keyin 
tovarning qiymati 2 marta kamayadi?
15-masala. 
Yil davomida sotilgan tovarlar 10 mlrd. so`mni tashkil etadi. Ulardan 40 mlrd. so`mlik tovar 
kreditga sotilgan. Kreditga sotilib, muddati yetib kelgan to`lovlar – 30 mlrd. so`m, o`zaro hisob-
kitoblar – 15 mlrd. so`m. Quyidagi hollarda muomala uchun zarur bo`lgan pulning miqdorini 
aniqlang: 
a) pulning yil davomidagi aylanishlari soni n = 5. 
b) pulning yil davomidagi aylanishi 20% qisqargan. 
16-masala. 
A tovarga talab va taklif bir xil proportsiyada o`sadi. V tovarga talab taklifga nisbatan tezroq 
o`sadi. D tovarga taklif talabga nisbatan tezroq o`sadi. Yuqoridagi omillarning ta`sirida narxlar, 
tovar ishlab chiqaruvchilarning qayta taqsimlanishi qanday o`zgaradi? Tovar ishlab chiqarish 
hajmi o`zgaradimi?
17-masala. 
Har kuni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur tirikchilik vositalarining qiymati 
– 10 doll. Har haftada iste`mol qilinadigan tovarlar – 30 doll., har chorakda kerak bo`ladigan 
tovarlar 150 doll., har yarim yilda kerak bo`ladigan tovarlar – 400 doll., yiliga kerak bo`ladigan 
tovarlar 690 doll.ni tashkil qilsa, ishchi kuchining bir kunlik qiymatini aniqlang. 
18-masala. 
Ishchi kuchining bir kunlik qiymati 10000 so`m. Shundan 3000 so`m ovqatlanishga, 6000 so`m 
kiyim va uy anjomlariga, 1000 so`m madaniy ehtiyojlarni qondirish uchun sarflanadi. Agar 
ijtimoiy mehnat unumdorligi 2 marta oshsa, mehnat intensivligi ishchining moddiy ehtiyojlarini 
25% oshirsa, madaniy ehtiyoj 1,5 marta oshganda ishchi kuchi qiymatining o`zgarishini aniqlang. 
19-masala. 
Kostyum 100 ming so`m turadi. Unga 1 metri 20000 so`m turadigan gazlamadan 3 m sarflangan. 
Tikuv mashinasining yemirilgan qismi – 2 ming so`m, astarning qiymati 14 ming so`m. Kostyum 
tayyorlashda yangidan yaratilgan qiymatni aniqlang.
20-masala. 
Frantsiyadagi «Sen-Frer» kompaniyasiga qarashli korxonalardagi 5580 to`quvchidan har biri 6 
stanokda ishlab soatiga 150 frank olgan. Ular 10 tadan stanokda ishlay boshlaganlaridan keyin 
soatiga 20 frankdan ortiq ish haqi olgan. Ish kuni – 7 soat. Stanokning bir soatdagi unumdorligi 
12,5 m. Ishchining 1 metr gazlama uchun qanchadan yo`qotishi va kompaniyaning 1 haftalik 
qo`shimcha daromadini hisoblang.

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling