Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Bank-moliya tizimining barqarorligi


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Bank-moliya tizimining barqarorligi – banklarning va boshqa moliya muassasalarining o`z 
majburiyatlari yuzasidan talablarga to`la javob bera olishi. Bu likvidlilik, kapitalning yetarliligi, 
aktivlar sifati, rentabellik ko`rsatkichlari orqali aniqlanadi. 
Bank aktivlaribanklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda foydalanuvchi turli 
moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular asosan bank kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan 
qimmatli qog`ozlari, investitsiyalari, valyuta boyliklari ko`rinishida bo`ladi. 
Bank tizimining likvidligi – bankning o`z majburiyatlarini vaqtida va so`zsiz bajara olish 
imkoniyati. 
Banklar likvidligi – banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga aylanish qobiliyati. 
Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o`sishini moliyalash bilan birgalikda 
depozitlar va qarz mablag`lari darajasining pasayishini samarali boshqarishni ham bildiradi. 
Banklarning kredit portfeli – tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarning umumiy 
jamlanmasi bo`lib, ular quyidagicha tasniflanadi: a) yaxshi; b) standart; v) substandart; g) 
shubhali; d) umidsiz. Tijorat banklarining ma`lum sanaga ssuda hisobvaraqalarida qolgan pul 
mablag`lari majmuasi (qoldig`i).
Investitsion kreditlarishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik jihatdan 
yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish, yangi bino va inshootlarni qurish uchun 
zarur bo`lgan vositalarni sotib olish maqsadida olingan kreditlar. 
Kooperatsiya aloqalari – turli soha ishlab chiqarish tarmoqlarida ma`lum mahsulotni 
tayyorlash bo`yicha uzoq muddatli aloqalarni o`rnatish. 
Kreditor qarzdorlik korxona, tashkilot yoki muassasaning tegishli yuridik yoki jismoniy 
shaxslarga to`lanishi lozim bo`lgan pul mablag`lari bo`lib, ular me`yordagi (muddati o`tmagan) 
hamda muddati o`tgan qarzdorliklarga bo`linishi mumkin.

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling