Bank-moliya tizimining barqarorligi – banklarning va boshqa moliya muassasalarining o`z
majburiyatlari yuzasidan talablarga to`la javob bera olishi. Bu likvidlilik, kapitalning yetarliligi,
aktivlar sifati, rentabellik ko`rsatkichlari orqali aniqlanadi.
Bank aktivlari – banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda foydalanuvchi turli
moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular asosan bank kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan
qimmatli qog`ozlari, investitsiyalari, valyuta boyliklari ko`rinishida bo`ladi.
Bank tizimining likvidligi – bankning o`z majburiyatlarini vaqtida va so`zsiz bajara olish
imkoniyati.
Banklar likvidligi – banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga aylanish qobiliyati.
Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o`sishini moliyalash bilan birgalikda
depozitlar va qarz mablag`lari darajasining pasayishini samarali boshqarishni ham bildiradi.
Banklarning kredit portfeli – tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarning umumiy
jamlanmasi bo`lib, ular quyidagicha tasniflanadi: a) yaxshi; b) standart; v) substandart; g)
shubhali; d) umidsiz. Tijorat banklarining ma`lum sanaga ssuda hisobvaraqalarida qolgan pul
mablag`lari majmuasi (qoldig`i).
Investitsion kreditlar – ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik jihatdan
yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish, yangi bino va inshootlarni qurish uchun
zarur bo`lgan vositalarni sotib olish maqsadida olingan kreditlar.
Kooperatsiya aloqalari – turli soha ishlab chiqarish tarmoqlarida ma`lum mahsulotni
tayyorlash bo`yicha uzoq muddatli aloqalarni o`rnatish.
Kreditor qarzdorlik – korxona, tashkilot yoki muassasaning tegishli yuridik yoki jismoniy
shaxslarga to`lanishi lozim bo`lgan pul mablag`lari bo`lib, ular me`yordagi (muddati o`tmagan)
hamda muddati o`tgan qarzdorliklarga bo`linishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |