Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Mamlakatning eksport salohiyati muayyan mamlakatning o`zida mavjud bo`lgan yoki 
ishlab chiqarilayotgan resurslari, mahsulotlarini eksportga chiqarish imkoniyati, qobiliyati.
Tashqi savdo aylanmasi mamlakat, mamlakatlar guruhi tashqi savdo faoliyati hajmining 
pul ko`rinishidagi ifodasi bo`lib, muayyan vaqt oralig`idagi (masalan, yil davomidagi) eksport va 
import hajmining yig`indisiga teng bo`ladi.
 
Tashqi savdo aylanmasi sal dosi – mamlakat eksporti va importi hajmlari o`rtasidagi farq, 
tafovut. 
Mamlakat to`lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo`jaliklari, korxonalar va davlat) va 
chet elliklar o`rtasida ma`lum vaqt (odatda bir yil) oralig`ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy 
bitimlar bo`yicha to`lovlar summasining nisbati bo`lib, u o`z ichiga savdo balansi, xizmatlar 
balansi, o`tkazmalar balansi va kapital operatsiyalarini oladi. 
Kichik biznes sub`ektlarikorxona ko`lami, ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni
moliyaviy mablag`lari miqdori va boshqalar jihatidan imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi 
sub`ektlar. Respublikamizda kichik biznes sub`ektlari toifasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, 
mikrofirmalar va kichik korxonalar kiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – alohida fuqarolar tomonidan o`zlarining tavakkalchiliklari 
va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik 
doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyati. 
Mikrofirmakichik biznes sub`ektlarining bir turi bo`lib, mamlakatimizda amaldagi 
qonunchilikka ko`ra sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko`rsatish 
sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar 
mikrofirma hisoblanadi. 
Kichik korxona – kichik biznes sub`ektlarining bir turi bo`lib, mamlakatimizda amaldagi 
qonunchilikka ko`ra sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq-
ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida 
(masalan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg`i-energetika sanoati va boshqalarda) 50 kishigacha, 
xizmat ko`rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik korxona hisoblanadi. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling