Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Soliq yuki mablag`larni boshqa foydalanish mumkin bo`lgan yo`nalishlardan olib, 
soliqlarni to`lash uchun yo`naltirish orqali vujudga keladigan iqtisodiy cheklovlar darajasi bo`lib, 
odatda soliq to`lovchining muayyan davrda byudjetga to`langan soliqlar va boshqa majburiy 
to`lovlarning yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi. Mamlakat miqyosida soliq yuki darajasini 
soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i orqali ifodalanadi. 
Soliq yukini yengillashtirishsoliqlarning foiz stavkalari kamaytirish va imtiyozlar 
yaratish. 
Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne`matlar ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko`rsatish bilan bog`liq sohasi bo`lib, u o`z ichiga sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, 
transport, aloqa va boshqa xizmat ko`rsatish tarmoqlarini oladi. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan 
jihozlash, uni ma`naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi 
chora-tadbirlarni o`z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy 
yo`nalish va vositalari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni 
chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy 
resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni 
tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza 
texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. 
Inqirozga qarshi mo`ljallangan choralar dasturi – O`zbekiston Respublikasi hukumati 
tomonidan 2009-2012 yillarga mo`ljallanib inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi 
bo`lib, mazkur dasturda talab va taklifni rag`batlantirishga yo`naltirilgan bir qator moliyaviy 
imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlovchi chora-tabdirlar majmui o`z aksini 
topgan.

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling