Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar – ikki turdagi – ishtirokchilari bevosita davlatlardan iborat 
hukumatlararo (davlatlararo) hamda tarkibiga ishlab chiqaruvchilar birlashmalari, kompaniya va 
firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqalar kiruvchi nohukumat tashkilotlari. 
Jahon banki – 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg`armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi 
davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o`zining faoliyatini 1946 yil 25 iyundan boshlagan.
Xalqaro valyuta jamg`armasi – xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta`sir 
ko`rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta 
jamg`aramasi – a`zo davlatlar o`rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va 
ularga to`lov balansining kamomadi bilan bog`liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el 
valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo`li bilan moliyaviy yordam ko`rsatish uchun 
mo`ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o`z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan boshlagan. 
Osiyo taraqqiyot banki – Osiyo va Uzoq Sharq mintaqasiga bevosita qarzlar berish hamda 
texnik jihatdan ko`maklashish orqali mazkur mamlakatlar iqtisodiyoti o`sishini rag`batlantirish 
maqsadida 1966 yilda tashkil etilgan bank.
Global moliyaviy-iqtisodiy bozorjahon mamlakatlari o`rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy 
aloqalarni yagona xo`jalik tarzida amal qilishiga asoslangan munosabatlar. 
Jahon bozori kon`yunkturasi - jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu bozorlardagi 
talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o`zgarish tendentsiyalari. 
Tashqi qarz  mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa 
mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag`larining jami hajmi. 
«Katta yigirmalik» – jahondagi 20 ta eng boy va rivojlanayotgan yirik davlatlarni o`z ichiga 
oluvchi mamlakatlar guruhi bo`lib, ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot 
hajmi jahon yalpi ichki mahsulotning 90 foizini tashkil etadi. 
Protektsionizm – davlatning xorij raqobatidan ichki bozorni himoya qilish siyosati, 
mamalakatga olib kelinayotgan tovarlarga yuqori bojlar belgilaydi, ayrim tovarlarni olib kelish 
cheklanadi yoki umuman taqiqlanadi. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling