Industriyalashtirish – mamlakat iqtisodiyotini sanoatlashgan asosga o`tkazish, iqtisodiyotda
sanoat ishlab chiqarishi ulushini ahamiyatli darajada ko`paytirish, butun iqtisodiyot yoki uning
alohida tarmoqlarida yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni.
Sekulyarlashtirish – davlat va jamiyat boshqaruvini din ta`siridan holi qilish jarayoni.
Urbanizatsiya – jamiyat taraqqiyotida shaharlar rolini oshirish jarayoni.
Urbanizatsiya
jarayoni shahar aholisining tabiiy o`sishi, qishloq aholi punktlarini shaharlarga aylantirish, keng
shahar oldi hududlarini shakllantirish hamda aholining qishloq
joylaridan shahar joylariga
migratsiyasi hisobiga ro`y beradi.
Erkinlashtirish – xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini,
iqtisodiy faoliyatning bozorga xos mexanizmlarining samarali amal qilishini ta`minlashga
qaratilgan jarayon; davlat tomonidan belgilangan
chora-tadbirlar tizimi; iqtisodiy siyosat
yo`nalishlaridan biri.
Eksport –
tovarlar, texnologiyalar va xizmatlarni tashqi bozorda sotish uchun mamlakat
tashqarisiga olib chiqilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: