Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Kutilayotgan inflyatsiya darajasi


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Kutilayotgan inflyatsiya darajasimavjud ijtimoiy-iqtisodiy axborotlar, ma`lumotlar 
asosida alohida shaxs va korxonalar tomonidan kutiladigan bo`lg`usi davrdagi inflyatsiya darajasi. 
Kuchli davlat omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan 
iqtisodiyot, yuksak ma`naviyatga ega bo`lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy
huquqiy va ma`naviy asosga ega bo`ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi 
do`stlik va bag`rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol 
ishtirokiga asoslanadi. 
Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sarimustahkam iqtisodiy asosga ega bo`lgan, 
demokratik qadriyatlar qaror topgan, ma`naviyma`rifiy yuksaklikka erishgan va boshqaruvning 
demokratik uslublari shakllangan davlatdan jamoat va nodavlat tashkilotlari hal qiluvchi o`rin 
tutadigan jamoatchilik fikri, tashabbusi va davlat idoralari ustidan nazorati ustuvor ahamiyat kasb 
etadigan, fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish idoralarining roli muttasil ortib boradigan jamiyatga 
o`tish kontseptsiyasi. 
Kuchli jamiyatmustahkam negizning barqarorligi ta`minlangan, davlatning 
boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli kuchaygan, fuqarolarning qonun 
asosida, ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlarga aylangan jamiyat.


Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar – mamlakat yaxlit iqtisodiyoti darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayon va hodisalarni o`lchash va baholash imkoniyatini beruvchi ko`rsatkichlar. Masalan, yalpi 
ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o`sish, ishsizlik, inflyatsiya darajasi va boshqalar. 
Mamlakat to`lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo`jaliklari, korxonalar va davlat) va 
chet elliklar o`rtasida ma`lum vaqt (odatda bir yil) oralig`ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy 
bitimlar bo`yicha to`lovlar summasining nisbati bo`lib, u o`z ichiga savdo balansi, xizmatlar 
balansi, o`tkazmalar balansi va kapital operatsiyalarini oladi. 
Mehnat bozori – mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo`lgan va band bo`lmagan 
qismlari va ish beruvchilar o`rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini 
hisobga oluvchi shartnomalar asosida ishchi kuchi xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi
shuningdek, unga bo`lgan talab va taklif o`rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor 
iqtisodiyotining murakkab, ko`p aspektli, o`suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir. 
Mehnat haqi – joriy davrda ish beruvchi tomonidan yollangan xodimga bajargan ishlari 
uchun berilgan pul yoki natura usulidagi to`lovlar bo`lib, ular hisoblangan summalar yig`indisidan 
tashkil topadi va ikki qismga bo`linadi: ish haqi va ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar. 
Mikrokredit – xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshlang`ich sarmoyani 
shakllantirishga beriladigan kreditlar. Mikrokreditlar: a) yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan 
tadbirkorlik faoliyati uchun – eng kam ish haqining 50 barobarigacha; b) mikrofirma va dehqon 
xo`jaliklariga eng kam ish haqining 100 barobarigacha; v) fermer xo`jaligiga eng kam ish 
haqining 200 barobarigacha beriladi. 
Modernizatsiya – ob`ektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va 
me`yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko`rsatkichlariga moslashtirish. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling