Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Soliq imtiyozisoliq to`lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda soliq to`lashdan to`liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibisoliq solishning ayrim toifadagi soliq 
to`lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va 
to`lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari 
qo`llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi. 


Soliq stavkasisoliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to`g`ri 
keladigan soliq me`yori. 
Soliq yuki mablag`larni boshqa foydalanish mumkin bo`lgan yo`nalishlardan olib, 
soliqlarni to`lash uchun yo`naltirish orqali vujudga keladigan iqtisodiy cheklovlar darajasi bo`lib, 
odatda soliq to`lovchining muayyan davrda byudjetga to`langan soliqlar va boshqa majburiy 
to`lovlarning yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi. Mamlakat miqyosida soliq yuki darajasini 
soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i orqali ifodalanadi. 
Soliqlar – belgilangan va muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib 
berilmaydigan va beg`araz xususiyatga ega bo`lgan, byudjetga yo`naltiriladigan majburiy pul 
to`lovlari tushuniladi. 
Soliqlarni unifikatsiya qilish soliq mexanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy 
mohiyati, soliqqa tortish ob`ekti o`xshash bo`lgan soliq turlarini birxillashtirish. 
Tashqi qarz – mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa 
mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag`larining jami hajmi. 
Tashqi nodavlat qarzlar – mamlakatdagi xususiy shaxslar (moliya muassasalari, korxonalar 
va aholi) tomonidan boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy 
mablag`larining jami hajmi. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling