Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Moliya tizimi – moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi moliyaviy 
muassasalar majmuasi. 
Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi. 
Nodavlat va jamoat tashkilotlaridavlatga qarashli bo`lmagan, ammo ma`lum qonunlar 
yoki me`yoriy hujjatlarga bo`ysungan holda faoliyat ko`rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat 
tashkilotlari hisoblanadi. 
Parlament – frantsuzcha «parle» gapirmoq so`zidan kelib chiqqan bo`lib, rasmiy so`zlashish 
joyi ma`nosini anglatadi. 
Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun 
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 
Pudrat – shartnoma yoki xo`jalik yuritishning bir turi. Bir tomonning ikkinchi tomon 
talabiga ko`ra belgilangan ishni bajarishi to`g`risidagi shartnoma. 
Pul - kredit siyosati – davlat tomonidan iqtisodiy o`sishni ta`minlash maqsadida pul 
muomalasini tashkil etish va barqarorligini ta`minlash uchun amalga oshiriladigan barcha chora-
tadbirlar majmui. 
Pul – hamma tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida 
foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar. 
Sal do - muayyan vaqt davomida moliyaviy tushumlar va sarflar, eksport va import qiymati 
(savdo balansi sal dosi), xorijiy to`lovlar va tushumlar (to`lov balansi sal dosi) o`rtasidagi farq. 
Sektor – institutsion birliklar yig`indisi bo`lib, ularning maqsadi, moliyalashtirish manbalari 
va funktsiyalari bir xil bo`ladi, natijada ularning iqtisodiy huquqi ham o`xshashib ketadi. 
Servisjismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholi qatlamiga xizmat ko`rsatish; 
ishlab chiqarish-texnika maqsadlarida mahsulotlarni, moddiy-maishiy, xo`jalik va boshqa sanoat 
mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bog`liq bo`lgan xizmat ko`rsatish sohalari. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling