Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Tashqi savdo – bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi. 
Tashqi savdo siyosati – bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan olib borayotgan savdosi 
(eksporti va importi) borasidagi siyosati. Bunga teng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish 
ko`zda tutiladi. Eksport va importning tovar tarkibi va geografik hajmiga asosan olib boriladi. 
Turmush darajasi – aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda xizmatlar 
bilan ta`minlanganlik hamda ularni iste`mol qilish darajasi. 
Xalqaro valyuta jamg`armasi – xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta`sir 
ko`rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta 
jamg`aramasi – a`zo davlatlar o`rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va 
ularga to`lov balansining kamomadi bilan bog`liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el 
valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo`li bilan moliyaviy yordam ko`rsatish uchun 
mo`ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o`z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan boshlagan. 
Xalqaro tashkilotlarularning har biri xalqaro siyosatda o`zlarining faoliyat maqsadlari 
yo`nalishlariga qarab, yer yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqelariga qarab, umuman xalqaro 
siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro tashkilotlar 
tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar. 
Xalqaro tranzit - xorijiy yuklarni jo`natish va qabul qilib olish punktlari berilgan mamlakat 
hududidan tashqarida bo`lishi shartida tashilishidir. Agar tovarlar bojxona omboriga 
joylashtirilmasdan tashilsa bevosita xalqaro tranzit, bojxona omboridan foydalanilsa – bilvosita 
xalqaro tranzit hisoblanadi. 
Xizmat ko`rsatish sohasi – ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan ko`rinishga 
ega bo`lmagan iste`mol qiymatlarini yaratishga yo`naltirilgan sohalari. U o`z ichiga moddiy 
xizmatlar ko`rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar) hamda nomoddiy 
xizmatlar ko`rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o`qitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling