Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

investitsiyalari deb e`tirof etiladi. 
Infratuzilma – iqtisodiy tizim umumiy tuzilishining yordamchi tavsifga ega bo`lgan hamda 
ushbu tizim umumiy faoliyatining bir maromda borishini ta`minlovchi tarkibiy qismi.
To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar - o`zga mamlakat rezidentlari tomonidan boshqa 
mamlakat real aktivlariga mablag` kiritish, uni tasarruf etish va ular ishlatilishi ustidan nazorat 
o`rnatish. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tavsifiga ko`ra aktsiyalarni kamida 10 
foiziga egalik qilish. 
Korxonalarni texnik qayta qurollantirish - alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy 
talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, 
ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo`li bilan, korxonaning texnik darajasini 
oshirish bo`yicha chora-tadbirlar majmuasi. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab 
chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga 
yo`naltirilgan bo`ladi. 
Aholi pul daromadlariish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, 
pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda 
olinadigan daromadlarni, qimmatli qog`ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, 
hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan 
daromadlar. 
Natural daromad – mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste`mollari 
uchun ishlab chiqargan mahsulotlari. 
Nominal daromadaholi tomonidan ma`lum vaqt oralig`ida olingan daromadlarining pul 
ko`rinishidagi miqdori. 
Real daromadnarx darajasi o`zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo`lgan 
daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdori bo`lib, real daromad aholining 
ixtiyorida bo`lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi. 
Turmush sifati – jamiyat farovonligi darajasini namoyon etuvchi va mohiyatiga ko`ra uning 
o`lchovi hisoblanuvchi tushuncha. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling