Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

VII. GLOSSARIY 
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish – davlat tomonidan aholining yetarli darajadagi hayotiy 
faoliyati uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yunaltirilgan kafolatlar tizimi. 
Aholining real daromadlarinarx darajasi o`zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida 
bo`lgan daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdori, ya`ni, aholining 
ixtiyorida bo`lgan daromadning xarid quvvati. 
Bozor kon`yunkturasi – muayyan vaqt mobaynida tovarlar bozorining holatini tavsiflovchi 
vaqtinchalik iqtisodiy vaziyat bo`lib, quyidagi belgilar orqali aniqlanadi: ichki va tashqi savdodagi 
o`zgarishlar; ishlab chiqarish va qurilish dinamikasi; tovar zaxiralari harakati; narxlar dinamikasi 
va boshqalar. 
Byudjet defitsiti – byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan oshib ketishi natijasida 
vujudga kelgan taqchillik. 
Davlat byudjeti – davlat daromadlari va sarflarining moliyaviy rejasi. 
Daromad solig`i – fuqarolarni bir yil davomidagi yalpi daromadidan olinadigan majburiy 
to`lov (soliq). 
Daromad solig`i stavkalari – aholi daromadlaridan tabaqalashtirilgan holda olinadigan 
soliqlarning foizlardagi darajalari. 
Ijtimoiy sohaaholi turmush tarzi, uning farovonligi, iste`mol darajasiga bevosita bog`liq 
bo`lgan va ularni belgilab beruvchi tarmoqlar, korxonalar va tashkilotlar majmui. Ijtimoiy sohaga 
eng avvalo xizmat ko`rsatish sohasi (maorif, madaniyat, sog`liqni saqlash, ijtimoiy ta`minot, 
jismoniy tarbiya, umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat ko`rsatish, yo`lovchi transporti, aloqa va 
boshqalar) kiradi. 
Ijtimoiy soha obektlari – aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini ta`minlashga 
xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog`liqni saqlash, 
maorif, sport, madaniyat muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling