Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
2. «O`zbekistonda tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatini tartibga solish tajribasi» holati tahlili jadvali. № Tahlil yo`nalishi Tahlil natijalari 1 . Tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyatining maxsus nazorat inspektsiya organlari va ularning asosiy vazifalari O`zbekiston iqtisodiyotida ham yoqilg`i-energetika kompleksining ayrim tarmoqlarida maxsus nazorat inspektsiya organlari ham tuzilgan. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 8 iyuldagi 220-sonli qarori bilan neft va gaz mahsulotlarini ishlatilishini nazorat qiluvchi «O`zdavneftegazinspektsiya»si tashkil etildi. Mazkur qarorga ko`ra, inspektsiyaning asosiy vazifasi neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini tizimli ravishda o`rganish, sifat va texnik tomonlarini kuzatish, mahsulotlardan samarali va ratsional foydalanishi yuzasidan takliflar va tegishli tavsiyalar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 22 fevraldagi 2812-sonli Farmoniga ko`ra, «O`zdavenergonazorat» agentligi tashkil etilib, uning asosiy vazifasi elektr energiyasi va ko`mir mahsulotlaridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish, tarmoqqa investitsiyalarning kirishi va raqobatli xizmat ko`rsatishi uchun shart-sharoitlarni yaratishda ko`maklashish kabi vazifalar belgilab berilgan. Xuddi shu kabi nazorat organlari O`zbekiston havo va temir yo`llari tizimi bo`yicha hamda kommunal sohasida mavjud bo`lib, ushbu nazorat inspektsiyalarining funktsiyasi ham yuqoridagilar kabi tegishli tizim faoliyati ustidan kuzatish olib borish, tarmoqlarning ishlab chiqarishi uchun xavfsizlikni ta`minlash, kelajak yo`nalishini belgilashda faol ishtirok etish kabi vazifalarni bajarishga qaratilgan. 2 . Amalga oshirilayotgan asosiy chora-tadbirlar O`zbekiston Respublikasining «Tabiiy monopoliyalar to`g`risida»gi qonuni talablari ijrosini ta`minlash maqsadida 2007 yilda Qo`mita tomonidan o`tkazilgan tekshirishlar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan bir muncha kamaygan bo`lsada, biroq tekshirishlar natijasida aniqlangan qonun buzilish holatlari salmog`i 58 foizdan 86 foizgacha o`sgan. Keyingi yillarda ayrim tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyati ustidan olib borilgan nazorat va tahlil ishlari natijasida qonunning bir qator moddalari buzilganligi aniqlanib, qonun talablariga muvofiq ularga nisbatan katta miqdordagi jarima summalarini qo`llashga va qonun talablariga rioya qilishlari yuzasidan tegishli ko`rsatmalar berilishiga olib kelgan. 3 . Qonun buzilish holatlarining tahlili Agar ilova qilinayotgan jadvalga e`tibor bersak, qonun buzilish holatlarining aksariyat tarkibini, tabiiy monopoliya sub`ektlari tomonidan o`z mavqeidan suiiste`mol qilish maqsadlarda foydalanishi, belgilangan narxlarga rioya etmaslik (7-modda) yoxud ularni oshirishga harakat qilishlari (69,8%), yoki xizmat ko`rsatishni asossiz rad etish (9-modda), iste`molchilarning huquqlarini kamsitish, ulardan ortiqcha haq undirish (16-modda) bilan bog`liq shartlarni qo`yishlari (12,9%) tashkil etadi. Bu holatni ayrim vazirlik bo`yicha olib ko`rsak, 1999, 2001 va 2007 yillarda O`zbekiston Pochta va Telekommunikatsiyalar agentligi tizimida qonun talablariga rioya etilishi tahlil qilinganda, bu davrlarda tahlil qilingan korxonalarda qonun buzilish holatlari 71,4 foizdan 82,7 foizga o`sganligi, noqonuniy daromadlar miqdori 10 barobarga (403,6 mln. so`mga) oshganligini ko`rish mumkin. 4 . Qonun buzilish holatlarining ro`y berish sabablari Bunga sub`ekt o`z monopol mavqeidan foydalanishi, avvalgi yillardagi jarimalardan tegishli xulosa qilmasdan narxlarni yana asossiz ravishda shakllantirishi, yuqori noqonuniy daromad olish bilan shug`ulanishi, iste`molchilar haq-huquqini mensimasliklari va h.k.larni sabab sifatida ko`rsatish mumkin. Tabiiy monopoliya sub`ektlari haligacha qonun talablarini to`liq tushunib yetmaganlar. Bu esa o`z navbatida qonun talablarining bajarilishini ustidan nazorat qilishni kuchaytirish, kuzatuv, tushuntirish ishlarini muntazam olib borilishini zaruriyat qilib qo`ymoqda. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling