Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2. Iqtisodiy monopolizmga qarshi chora-tadbirlar.
Narx vositasida raqobatlashuv kurashning asosiy usuli bo`lib, ishlab chiqaruvchilarning
o`z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Narxsiz raqobatda raqobat urashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko`rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro`-e`tibori hisoblanadi. Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo`lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o`rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, iste`molchilarga xizmat ko`rsatishni yaxshilash yo`li bilan sotiladigan tovar hajmini ko`paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo`lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur bo`lgan mabla`gni sarflash imkoniyatiga egadirlar. 6.2. Iqtisodiy monopolizmga qarshi chora-tadbirlar. Davlat bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning asoslaridan biri bo`lgan raqobat mexanizmining to`liq ishlashi uchun hamda aholini ma`lum darajada ijtimoiy himoyalash maqsadida iqtisodiy monopolizmga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Ma`lumki, sobiq sotsialistik mamlakatlarda, shu jumladan, sobiq covet ittifoqida davlat mulkining yakkahokimligi, rejali xo`jalik yuritish tizimining amal qilishi oqibatida iqtisodiy raqobat uchun sharoit bo`lmadi. Tadbirkorlik va tanlash erkinligi ham mavjud emasdi. Shu boisdan O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tish uchun raqobatchilikni tiklash lozim bo`ladi. Buning uchun davlat mulkini uning ixtiyoridan chiqarish va xususiylashtirishning o`zi kifoya qilmaydi. Chunki yangidan tashkil topadigan aktsionerlik jamiyatlari, kontsern, uyushmalar, xususiy firmalar yana iqtisodiy yakkahokim bo`lib qolishlari mumkin. Shu boisdan rivojlangan mamlakatlarda to`plangan yakkahokimlikka qarshi kurash tajribalari asosida antimonopol siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Dastlabki monopolizmga qarshi qonun 1890 yilda (trestlarga qarshi Sherman qonuni) AQShda qabul qilingan. Hozirgi davrda ana shunga o`xshash qonunlar deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bo`lib, mazkur qonunchilik asosan uch yo`nalishga ega. Birinchidan, har qanday yirik firma, korporatsiya mahsulot ishlab chiqarishning 40-50 foizdan orti`gini o`z qo`lida to`plamasligi zarur. Ikkinchidan, barcha yirik korxonalar jismoniy va yuridik shaxslar uchun o`zining va boshqa hissadorlik jamiyatlari aktsiyalarining to`planadigan ulushlari miqdori cheklab qo`yiladi. Uchinchidan, bozor baholarini talab va taklif nisbatini inobatga olmay, o`zaro kelishib belgilash va ushlab turishga qaratilgan kelishuvlar, bozorlarni o`zaro taqsimlab olishlar man qilinadi. Monopoliyaga qarshi qonunchilikni tatbiq etish uchun maxsus ma`muriy muassasalar, qo`mitalar tuziladi. Ular korxonalarning tuzilishiga, qimmatbaho qo`gozlarning taqsimlanishiga aralashadilar va barcha uchun majburiy qaror ishlab chiqaradi. Bunda Yaponiya tajribasi qo`l kelishi mumkin. Yaponiyada Ikkinchi jahon urushidan keyin yakkahokim monopoliyalarni man qiluvchi qonunga amal qilishni nazorat qiluvchi odilona kelishuvlar yuzasidan tashkil topgan qo`mita keng vakolatlarga ega bo`lib, mazkur qo`mita mustaqil ravishda ish yuritadi. Agar amaldagi qonunchilikning buzilishini qo`mita aniqlasa va bu holat sud tomonidan tasdiqlansa, uni buzgan firmaga juda katta jarima solinadi. Qo`mita o`zaro raqobat qiluvchi korporatsiyalarning bir-birlari bilan kartel shartnomalari tuzishlarini man qiladi. Agarda ana shunday shartnomalar iqtisodiy zarurat sifatida tuzilsa, qisqa muddatli bo`lishi nazorat qilinadi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling