Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

o'zbekiston 
respublikasining 
qonuni 
“Raqobat to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi natijasida quyidagilarga erishilishi 
mumkin: 
- raqobatni himoya qilish tovar va moliyaviy bozorlarni ham qamrab oladi; 
- iqtisodiy, kapital kontsentratsiyasi (aktsiyalarni sotish-sotib olish, qo`shilish, birlashtirish 
va h.k.) bo`yicha bitimlarni nazorat qilish kuchayadi. Bozor, kapital kontsentratsiyasi bo`yicha 
bitimlarga monopoliyaga qarshi organlardan ruxsat olish protseduralari, tartib-qoidalari bu 
sohadagi xalqaro me`yorlarga muvofiqlashtiriladi; 
- monopolist-korxonalarning tovar va xizmatlariga narxni shakllantirishda narxlarni 
tartibga solishning bozor mexanizmini himoya qilish kuchayadi. Bu borada yangi usul va 
dastaklar ishlab chiqiladi.
O`zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonunining ishlab chiqilishi va qabul 
qilinishi milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish hamda erkin 
raqobatni himoya qilish maqsadida quyidagi vazifalarni hal qilish bo`yicha chora-tadbirlarni 
ishlab chiqishni taqozo etadi: 
- monopolist-korxonalar va ayrim davlat boshqaruv organlarining raqobatga qarshi 
faoliyatining oldini olish, tadbirkorlik faoliyati erkinligi va iste`molchilar huquqlarini himoya 
qilish tizimini mustahkamlash, xo`jalik sub`ektlarining raqobatlashish madaniyatini oshirish; 
- raqobatni jadallashtirish choralarini ishlab chiqish, monopoliyaga qarshi organlar tarkibiy 
tuzilishini o`zgartirish, ularning vakolatlari, vazifalari va faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini 
amalga oshirish; 
- monopoliyaga qarshi kurashuvchi organlar uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish tizimini shakllantirish hamda muntazam ravishda takomillashtirish, ular 
faoliyatining ochiqligini ta`minlash, raqobatni himoya qilish bo`yicha amalga oshirayotgan 
ishlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling