Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
7.3. Ba`zi davlatlarda narxni tartibga solish tajribalari. AQSh da 10-15% narxlar davlat tomonidan tartibga solinadi. Davlat tomonidan narxlarni tartibga solish ishlab chiqarish xarajatlarini subsidiyalash vositasida hamda ishlab chiqaruvchilarga sotish narxlarini kafolatlash yordamida ham amalga oshiriladi. AQSh da bozor narxi kafolatlangan quyi chegaradan tushib ketgan taqdirda davlat byudjetidan ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar ajratiladi. Maxsus hukumat tashkiloti kafolatlangan narx bo`yicha fermerlardan kafillikka qishloq xo`jaligi maxsulotlarini qabul qiladi. Agar kafillikka olingan muddat davomida (odatda bir yil) bozordagi narx kafolatlangan narxdan qo`tarilsa, u holda fermer o`z maxsulotini qaytib sotib olib, uni bozorda sotishi mumkin bo`ladi. Agar bozor narxi kafolatlangan narxdan pastligicha qolsa, tovar fermerlar tomonidan qaytib sotib olinmaydi va korporatsiya mulkiga o`tadi. AQSh da 10-15 yil mobayinida mamlakat ichida shakarning chakana narxi juda qat`iy tarzda kuzatib borildi. Bir kilogramm shakar 1 dollardan oshishi mumkin emas. Narxni makroiqtisodiy barqaror bo`lishi uchun subsidiya kiritildi. Yaponiyada narxlarni tartibga solish uchun hukumatning maxsus narx byurosi mavjud. Byuro vazirliklarni minimal narxlar bo`yicha bergan takliflariga hulosa beradi. Frantsiyada qishloq xo`jaligi maxsulotlari, gaz, elektr energiyasi, transport xizmatlari narxlari to``gridan- to``gri tartibga solinadi. Shvetsariyada narxlarni nazorat qilish bo`yicha federal muassasa mavjud. Narxlar asosan davlat tomonidan moliyalashtiriladigan tarmoqlarda, xususan qishloq xo`jaligi, tarnsport, ta`lim, so`gliqni saqlash sohalarida tartibga solinadi. Rossiya Federatsiyasida narxni tartibga solishda qat`iy narxlarni(tariflar) kiritish, yuqori samaradorlik darajasini, narxni o`zgarish koeffitsentini, savdo, savdo-ta`minot va sotuv narxlarining yuqori darajasini o`rnatish va deklaratsiya narxlarini o`rnatish usullari qo`llaniladi. O`zbekiston Respublikasida davlat buyurtmasi asosida paxta xom ashyosiga va bu`gdoyga (yalpi xosilning ma`lum qismiga, masalan, paxta xom ashyosini 50% davlat buyurtma narxi bo`yicha bozordan arzon narxda sotib olinadi) narxning yuqori chegarasi o`rnatiladi. Qishloq xo`jaligi maxsulotlari esa qo`shilgan qiymat soli`giga tortilmaydi. Narxni tartibga solish tizimi qishloq xo`jaligida barqarorlikka erishishga qaratilgan. Bu sohadagi narx kichik farq bilan tebranadi. G‘arb mamlakatlarida davlat qishloq xo`jaligiga anchagina mabla`g sarflaydi. Ta`kidlash joyizki, qishloq xo`jaligidan byudjetga tushadigan mabla`g, shu sohaga qilinadigan xarajatdan bir necha bor kamni tashkil etadi. YEIRXT ning 25 ta mamlakatlarida, ko`proq rivojlangan G‘arb mamlakatlarida qishloq xo`jaligiga byudjetdan ajratilgan mabla`glar shu tarmoqdan byudjetga tushadigan mabla`gdan 9 marotaba ko`pni, agar narx subsidiyasini ham qo`shadigan bo`lsak 18 barobar ko`pni tashkil etadi. Umuman YEIRXT mamlakatlari bo`yicha, 1994 yilda byudjetdan va narx orqali qishloq xo`jaligiga ajratiladigan mabla`g qishloq xo`jaligida band bo`lgan bir kishiga 16342 dollarni, shu jumladan, AQSh da 39957 dollarni tashkil etadi. Bu mamlakatlarda subsidiyalar va maxsulot narxiga qo`shimcha to`lovlar ulushini hisobga olsak u holda: bu`gdoy narxida – 48%, guruchda – 86%, dehqonchilik maxsulotlarida – 50%, chorvachilik maxsulotlarida – 43 % ni tashkil etadi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling