Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosati iqtisodiyotni tartibga solish shakllaridan biri
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
7.4. Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosati iqtisodiyotni tartibga solish shakllaridan biri
sifatida. Tovar va xizmatlarni sifatiga bo`gliq bo`lmagan holda narxning oshishi bevosita inflyatsiyani yuzaga keltiradi. Inflyatsiya pul birligini qadrsizlantiradi va xarid qobiliyatini pasaytiradi. Ishlab chiqarishdagi nomutanosiblik, avvalo, pul massasining tovar va xizmatlar massasiga mutanosib emasligi inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi sabab hisoblanadi va u tovar va xizmatlar bilan ta`minlanmagan pulni chiqarilishi bilan bo`gliqdir. Inflyatsiya darajasi joriy davr narxlarida baholangan tovar va xizmatlar yi`gindisini o`tgan davr narxlaridagi bahosiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Inflyatsiya jamiyatni barqaror rivojlanishini izdan chiqaradi, ko`zda tutilmagan taqsimlash jarayonlarini, kapitalni qayta taqsimlashni, bankdagi jam`garmalarining qadrsizlanishi va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosati va uning zarurligi inflyatsiya iqtisodiy o`sishni pasaytirishi va ba`zi hollarda ishlab chiqarishni inqiroz sabablaridan biri bo`lishi bilan asoslanadi. Inflyatsiyaga qarshi siyosat – u yoki bu mamlakatda inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi aniq sabablar, uning darajasiga bo`gliq holda yuritiladi. Inflyatsiyaga qarshi kurashishning turli usullari mavjud, xususan: 1) nomonetar usullar – iqtisodiy faollikni o`sishini, iqtisodiy samaradorlikni o`sishini soliqlar orqali ra`gbatlantirish; 2) monetar usullar. Hozirgi davrda G‘arb mamlakatlarida inflyatsiya nisbatan yuqori darajada emas, yiliga 3,5%-4% orali`gini tashkil etadi. Markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida MDH mamlakatlarida inflyatsiya o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`ladi. 1991-1995 yillarda inflyatsiya yuqori darajaligi bilan xarakterlanadi. 1996-2003 yillarda esa inflyatsiya darajasining pasayishi va barqarorligi bilan xarakterlanadi.2022 yilda inflyatsiya darajasi 15,5% da kuzatilmoqda, bu ko’rsatkichlar 2020 yida 12,6%, 2021 yilda esa 9,9% bo’lishi prognoz qilinmoqda. Buni YaIM deflyator ko`rsatkichida ham ko`rish mumkin, O`zbekiston Respublikasida 1993 yilda u 1170% ni, 2002 yilda 152,7% ni, 2004 yilda esa 104,7% ni tashkil etdi.2018 yilda 326,9% ni, 2022 yilda 424,1% ni tashkil etishi, 2020 yilda 524,1% ni, 2021 yilda 637,9% bo’lishi prognoz qilinmoqda. O`zbekiston Respublikasining inflyatsiyaga qarshi siyosatida 1994 yilda milliy valyutaning joriy etilishidan keyingi davr muhim bosqichi bo`ldi. Inflyatsiyaga qarshi siyosat – iqtisodiyotni barqarorlashtirish vositalaridan biri bo`lib, 1996 yildan iqtisodiy o`sish davri bosqichiga o`tildi. Milliy valyutani mustaxkamlash – O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biridir. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida» kitobida «Valyutaning mustaxkamligi – iqtisodiy islohotlar yangi bosqichining asosiy muammosi» paragrafida ta`kidlanganidek milliy valyuta iqtisodiy barqarorlikning, korxona va tarmoqlarni moliyaviy holatini mustaxkamlashning qudratli omili, respublika iste`mol bozorini va aholini ijtimoiy himoyalashning omili ekanligi ma`lum bo`ldi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling