Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1. Qiymat va narxning zamonaviy nazariyasi. Ularning mehnat qiymati va naflilik nazariyalaridan farqi.
Asosiy tushuncha va atamalar
Raqobat, raqobat muhiti, raqobat turlari, raqobat usullari, monopoliya, iqtisodiy monopoliya, tabiiy monopoliya,antimonopol siyosat, antimonopol siyosat usullari, raqobatni himoya qilish, raqobatni rivojlantirish, Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1.Raqobat nima? 2.Qanday raqobat turlarini bilasiz? 3.Qanday rabatlashish usullari mavjud? 4.Raqobat bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday vazifalarni bajaradi va qanday ahamiyatga ega? 5.Nima uchun davlat raqobatni rivojlantirishga intilishi va uni himoya qilishi kerak? 6.Monopoliya nima va uning qanday shakllari mavjud? 7.Monopoliya va monopolistik faoliyat bozor iqtisodiyotida qanday rol o`ynaydi? 8.Monopoliyalar faoliyatini nima uchun tartibga solish kerak? 9.Davlatning antimonopol siyosatining maqsadlari qanday? 10.Davlat monopoliyaga va monopolistik faoliyatni qanday usullar yordamida tartibga soladi? 11.Tabiiy monopoliyalar qanday tartibga solinadi? 12.O`zbekiston Respublikasining “Raqobat to``grisida”gi qonuning mazmuni va asosiy talablari bo`yicha qanday tasavvurga egasiz? 7. BOZOR IQTISODIYOTIDA NARXNING REGULYATORLIK VAZIFASI VA DAVLATNING NARX VA INFLATSIYAGA QARSHI SIYOSATLARI 1 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2010, 52-бет. 7.1. Qiymat va narxning zamonaviy nazariyasi. Ularning mehnat qiymati va naflilik nazariyalaridan farqi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida narx, narx belgilash tizimi – bu iqtisodiy munosabatlarning muhim tizimchasi va bozor mexanizmining tarkibiy qismlaridan biridir. Narx – bu ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar harakatlarini belgilovchi ko`rsatgichi va bozor iqtisodiyotining asosidir. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda narx va narx belgilash orqali ta`sir ko`rsatadi. Hozirgi zamon qiymat va narx nazariyasi – bu iqtisodiy nazariya fanining uzoq muddatli rivojlanishi natijasidir. Iqtisodiy nazariyada qiymat, narx va ularni aniqlovchi omillar muhim masalalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy nazariya – bu mehnatning qiymat nazariyasi va naflilik nazariyalarining o`zaro aloqalari va farqlari nuqtai nazaridan, ya`ni marjinalistik nazariya tahlillari natijasidir. Ingliz klassik siyosiy iqtisod namoyondalari A.Smit va D.Rikardolar qiymatning mehnat nazariyasini asoschilari hisoblanadi. Jamiyat uchun ishlab chiqarish zarur bo`lgan mahsulot qiymatini ijtimoiy-zaruriy mehnat sarflari yaratadi, degan `goya ushbu nazariyaning asosini tashkil etadi. Qiymat sifat (xaridorlar va sotuvchilar o`rtasidagi, tovarlarni oldi-sotdi jarayonida insonlar o`rtasidigi iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiladi) va miqdor (qiymatning miqdori unga ketgan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan aniqlanadi) jihatlariga ega. Marjinalistlarning fikriga ko`ra narx – bu qiymatning puldagi ifodasidir. Agar qiymatning miqdori unga ketgan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan aniqlansa, u holda narxning asosida tovarning qiymati yotadi, biroq talab va taklif mutanosibligiga bo`gliq holda narx miqdori tovar qiymatiga nisbatan o`zgaradi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat sarflar bilan aniqlanadi degan qarashlari qiymatni tovarning nafliligi belgilaydi, degan marjinal nazariya, naflilik nazariyasining vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Ushbu nazariyaning asoschilari avstriya maktabi namoyondalari K.Mengera, ye.Bem-Baverka va F.Vizeralar hisoblanishadi. Bu maktab XIX asrning oxirgi uchinchi qismida yuzaga kelgan. Bu nazariyaga asosan qimmat (qiymat) quyidagilarga bo`gliq: 1) iste`molni qondirishning muhimligiga(naflilikka); 2) naflilikni ta`minlanganlik darajasiga. Naflilik nazariyasi – bu sub`ektiv qiymat nazariyasidir, ya`ni har bir haridor tovarning nafliligi, qimmati haqida o`zini tasavvuridan, dididan kelib chiqqan holda xulosa qiladi. Ushbu maktab namoyondalari xarajatlarni xisobga olishmaydi. Qiymatning mehnat nazariyasi namoyondalari esa aksincha, tovarning nafliligini hisobga olishmagan. Yuqorida nomlari keltirilgan nazariyalarning eng katta kamchiligi – bu qiymat miqdorini belgilovchi yagona manbani topishga urinish hisoblanadi: birida ijtimoiy mehnat sarflari, boshqasida esa, tovarning nafliligi va bozorda uni ta`minlanganlik darajasiga ur`gu beriladi. Amaliyot, qiymat mehnat sarflariga qanday bo`gliq bo`lsa, tovarning nafliligiga, iste`molchilarni unga bergan bahosiga ham shunday bo`gliqlikda ekanligini ko`rsatdi. Bu nazariyalarni umumlashtiriladi(sintez), ya`ni mehnat sarflari hamda, mehnat natijalari nafliligini ham hisobga olish zarur. Bunday sintez A.Marshal, Dj.Klarkom, P.Samuel sonlar tomonidanamalga oshirilgan. Zamonaviy narx va qimmat (qiymat) nazariyalari yo`nalishi asosichisi taniqli ingliz iqtisodchisi A.Marshal hisoblanadi. U qiymatning yagona manbaini aniqlashga urinishdan voz kechib, naflilik nazariyasinitalab va taklif nazariyasi va ishlab chiqarish xarajatlari(sarflari) nazariyasi bilan birlashtirdi. Tovarning qiymati ijtimoiy sarflar hamda, uning nafliligi bilan aniqlanishini yoritib berdi. Qiymat bozor orqali aniqlanadi. Bozor – bu sotuvchi va haridorlar (talab va taklif) manfaatlari to`qnashuvi orqali narx shakllanishiga olib keluvchi iqtisodiy jarayondir. Buni quyidagi sxema bo`yicha tasvirlash mumkin: Taklif Bozor Talab Foydani maksimallashtirish Narx Naflilikni maksimallashtirish Narx axborot berish, taqsimlash va ra`gbatlantiruvchilik funktsiyalarini bajaradi. Bozor munosabatlari sharoitida narxlarning turli ko`rinishlari mavjud bo`ladi. Xususan: korxonalarning ulgurji narxlari, chakana narxlar, davlat buyurtma narxlari, ta`riflar va b. Shuningdek quyidagi narxlardan farqlanadi: joriy, haqiqiy bozor munosabatlarida amal qiluvchi narxlar va iqtisodiy ko`rsatkichlarni (ishlab chiqarish xajmi, narx indeksi va b.)o`zgarishini aniqlashda foydalaniluvchi taqqoslama narxlar. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling