Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Narxlarni davlat tomonidan tartibga solinishining maqsadi va asosiy usullari
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
7.2. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solinishining maqsadi va asosiy usullari.
Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim: – ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; – iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish; – iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; – “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; – valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; – iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashimiz shart. Avvalo, inflyasiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas. Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur. O‘tish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni to‘g‘ri yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir. SHu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin. SHu maqsadda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar tizimini respublikamizda 2020 yil 1 yanvardan boshlab to‘liq joriy etishimiz lozim 1 . Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxni davlat tomonidan tartibga solish markazlashgan-rejali iqtisodiyotdagidan farqli o`laroq keng qamrovli xarakter kasb etmaydi. Shu o`rinda bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida narx shakllanishi stixiyali yuz beradi deb hisoblash noto``gri bo`ladi. Bu mamlakatlarda narx har doim davlatning e`tiborida bo`lib, davlat tomonidan tartibga solib turiladi. Xususan, jamiyatning ijtimoiy hayoti bilan bo`gliq narxlar davlatning diqqat markazida bo`ladi. Davlatning narx orqali tartibga solishi – bu davlatning iqtisodiyotga ta`sir etishining asosiy ko`rinishlaridan biri hisoblanadi. Narxni davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad: 1) takror ishlab chiqarishning zaruriy mutanosibligiga erishish; 2) inflyatsiya sur`atini pasaytirish; 3) narx o`sishi va ish haqlari o`rtasidagi mutanosiblikni ta`minlash; 4) davlat korxonalarini subsidiyalash; 5) davlat byudjetiga zarur resurslarni jalb etish. ________________________ O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 28-dekabrdagi “2022 yil uchun mo’ljallangan eng muhim vazifalarimiz” haqidagi oily majlisga Mutojaatnomasi Xalq so’zi gazetasi 29 dekabr. 29.12.2022 yil Davlat narx shakllanishiga bevosita va bilvosita ta`sir etadi. Narxni tartibga solishning to``gri va egri usullari farqlanadi. Ularning bo`linishi quyidagicha: narxni to``gridan-to``gri tartibga solish usuliga quyidagilar taalluqli: 1) narxni ma`muriy o`rnatilish; 2) narxni muzlatilish; 3) narxni yuqori darajasini o`rnatish; 4) samaradorlik darajasini reglamentlash; 5) davlat xarajatlarini tartibga solish; 6) amortizatsiya me`yorini o`rnatish va b. Davlat spirtli maxsulotlarga monopol «aktsiz» narxlarini va transport tariflariga, xizmatlarga, aloqaga boshqa qator tovarlarga narxlarni, bojxona tariflarini belgilaydi. Davlatning narxga ta`sir etish shakllaridan biri – bu davlatning ishlab chiqarish xarajatlariga va u orqali orqali narxga ta`sir etishidir. Bunga tezlashtirilgan amortizatsiya harajatlari usulini misol qilib keltirish mumkin. Davlat narx shakllanishiga, ishlab chiqaruvchiga yoki haridorga davlat tomonidan maxsus qo`shimcha to`lab berish yo`li bilan narxlarni pasaytirishi nazarda tutiluvchi narx subsidiyasi orqali ham ta`sir ko`rsatadi. Narxni tartibga solishda davlatning qat`iy o`rnatgan narxlari, davlat tomonidan buyurtma qilingan ishlab chiqaruvchilar maxsulotiga narxlar muxim o`rinni egallaydi. Qishloq xo`jaligi maxsulotlari ishlab chiqarishni narx, dotatsiya va subsidiya orqali tartibga solishda davlatning roli juda yuqoridir. Davlat narx darajasi va narx barqarorligi mutanosibligini qo`llab-quvvatlaydi. Barcha rivojlangan mamlakatlarda bozor tebranishini yumshatish maqsadida davlat tomonidan anchagina resurslar agrar sohaga yo`naltiriladi. Narxlar, qo`shimcha to`lovlar orqali maxsulot ishlab chiqaruvchilarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishlarini amalga oshirishlari darajasida davlat fermerlik narxlarini qo`llab quvvatlaydi. Shu yo`l bilan qishloq xo`jaligi maxsulotlari ishlab chiqarish tarkibi va xajmi tartibga solinadi. Barcha `garb mamlakatlarida narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tizimi juda ham bir-biriga yaqin. Bu qishloq xo`jaligi maxsulotlarining alohida turlariga narxlarni tebranishining yuqori va quyi chegaralarini o`rnatish hisoblanadi. Evropa hamkorlik mamlakatlarida umumiy qishloq xo`jaligi siyosati yuritiladi. Bu siyosatning dastagi bo`lib, ichki va import narxlari o`rtasidagi farqlarni qoplovchi bojxona bojlari va kompensatsion to`lovlar shuningdek, qishloq xo`jaligi maxsulotlarini eksport qiluvchilarga maxsulotlarini yevropadan jahon bozorlariga nisbatan past narxlarda olib chiqish imkoniyatini beruvchi kompensatsion to`lovlar hisoblanadi. Bunday tizim nafaqat yevropa qishloq xo`jaligi salohiyatini saqlab qolish, qishloq xo`jaligida ilmiy-texnika inqilobini amalga oshirish, balki, G‘arbiy yevropani yirik maxsulot eksportchisiga aylantirish imkonini beradi. yevropa hamkorlik mamlakatlarida qishloq xo`jaligi va qora metallurgiya sohasida(narxlarni 15% gacha qamrab oladi) narxlarni milliy tartibga solish xususiyatlari mavjud. Qishloq xo`jaligi maxsulotlari narxlari bo`yicha qarorni yevropa hamkorligining vazirlar Kengashi qabul qiladi, biroq qora metallurgiya maxsulotlari narxlari esa bazis narxlari orqali o`rnatiladi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling