Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.4.5-chizma Hududiy mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish yo`nalishlari 1
12.1.4-chizma
Mehnat bozori amal qilishi mexanizmining komponentlari 1 Ammo ish haqi miqdori o`sganda ishchi kuchi taklifi ham ko`payadi. Aksincha holatda ishchi kuchi taklifi kamayadi. Bozor muvozanati ishchi kuchiga bo`lgan talab va uning taklifi ma`lum muvozanatli ish haqi darajasida miqdor va tarkib jihatidan bir-birlariga muvofiq (teng) bo`lganlarida yuzaga keladi. Davlat mehnat bozorini iqtisodiy va ma`muriy vositalar, dastaklar yordamida tartibga solib turadi (10.4.5-chizma). 10.4.5-chizma Hududiy mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish yo`nalishlari 1 1 Муаллиф томонидан тузилган. 1 Обидов О.О. Меҳнат бозори ва унинг шаклланиши // Аграр соҳада ислоҳотларни янада чуқурлаштириш муаммолари ва ечимлари. –Т., “Меҳнат”, 2002. 157-бет. Mehnat bоzоri mexanizmi Ishchi kuchiga talab Ishchi kuchi bоzоri Ishchi kuchi taklifi Ishchi kuchi qiymati Raqоbat Meҳnat bоzоrini tartiblashning asоsiy yo`nalishlari Ishchi kuchiga bo`lgan talabni shakllantirish Yangi ish o`rinlarini yaratish, mavjudlarini saqlash Ijtimоiy himоyaga muhtоj ahоli uchun ish o`rinlarini ajratish Jamоat ishlarini tashkil etish Tadbirkоrlik, оilaviy biznesni qo`llab- quvvatlash Ishchi kuchiga taklifni shakllantirish Ishchi kuchi sifatini оshirish, kasbga yo`naltirish, o`qitish Mehnat bоzоri infratuzilmasini rivоjlantirish, ishga jоylashishga ko`maklashish Mehnatga haq to`lash, qulay mehnat sharоitlarini yaratish Ishsizlarni mоddiy jihatdan qo`llab- quvvatlash, nafaqalar, mоddiy yordam, ishchi kuchiga talabni shakllantirish Ishsizlik darajasini kamaytirish va bandlikning оqilоna tarkibini shakllantirish Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo`nalishlar bo`yicha amalga oshiriladi: - ishga yollashning minimal standartlarini qonuniy belgilash; - ish vaqtining uzunligi, ish haqi, boshqa to`lov va imtiyozlar; - mehnat sharoiti va xavfsizligini ta`minlash sohasidagi norma (me`yor)larni qonuniy belgilash; - shaxslarni ma`lum turdagi mehnat faoliyati bilan shu`gullanishlariga qonuniy ruxsat berish va cheklash; - ish beruvchi va xodimlarning faoliyatini fuqarolik huquqi hamda mehnat qonunchiligi asosida tartibga solish. O`zbekiston Respublikasida mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta`minlash strategiyasi quyidagilarni amalga oshirishni ko`zda tutadi: - fuqarolarning mehnat qilish, tadbirkorlik, iqtisodiy faoliyat sohasi va turini hamda kasbni tanlash erkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqlarini ta`minlash; - mehnat faoliyati motivatsiyasining kuchli mexanizmini joriy etish, aholi iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratish; - amalda mehnat bozorini shakllantirish, mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat sohalari bo`yicha erkin taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi uchun sharoitlar yaratish 1 . Davlat mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta`minlanishi darajasiga hamda mehnat, ya`ni ishchi kuchi bozoriga faol yoki passiv ta`sir ko`rsatadi. Passiv ta`sir choralariga ishsizlik bo`yicha turli nafaqa va to`lovlar kiradi. Mehnat bozoridagi faol siyosatni amalga oshirishning asosiy choralar tadbiri esa quyidagilar: - ish izlovchilarni ishga joylashtirish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish; - ishlovchi va ishsizlarni o`qitish, kasbga qayta tayyorlash; - bevosita ish joylarini yaratish; - doimiy ish bilan bandlikni subsidiyalashtirish; - tadbirkorlikni, shu jumladan, o`z korxonalarini, ishbilarmonlik faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan ishsizlarni qo`llab-quvvatlash; - jamoat ishlarini tashkil etish 1 . Ushbu umumqabul qilingan vazifalarni amalga oshirish uchun O`zbekistonda 1992 yil 31 yanvarda “Aholini ish bilan ta`minlash to``grisida” Qonun qabul qilingan bo`lib, unga 1993-1995 yillar davomida qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan edi. 1996-1998 yillarda qabul qilingan Mehnat kodeksi, “Ta`lim to``grisida”gi, “Fermer xo`jaligi to``grisida”gi, “Dehqon xo`jaligi to``grisida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiqlashtirish maqsadida 1998 yil 1 mayda ushbu Qonun yangi tahrirda qabul qilingan. Bugungi kunda O`zbekistonning deyarli barcha xududlarida ishchi kuchi ortiqchaligi mavjud va ishchi kuchi bozorida taklif talabdan yuqoridir. Shu bois ishlashni xohlovchilarning mehnat bozorida erkin harakat qilishlari va mustaqil ish bilan ta`minlanishlari uchun davlat fuqarolarga bir qancha kafolatlarni nazarda tutadi. Ya`ni davlat: - ish bilan ta`minlash turini, shu jumladan, turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini; - ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini `gayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanish; - maqbul ishni tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berish; - har kimga kasbga va ishga ega bo`lishda, mehnat qilish va ish bilan ta`minlanish shart- sharoitlari, mehnatga haq to`lash, xizmat po`gonasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratish; - yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o`qitish, mahalliy mehnat organlari yoki ularning yo`llanmasi bilan boshqa o`quv yurtlarida stipendiya to`lab malakasini oshirish; 1 Доклад о человеческом развитии. Узбекистан 1997 г. –Т., 1998. – С 55-56. 1 Рынок труда и социальная политика в Центральной и Восточной Европе. / Переходный период и дальнейшее развитие. Под ред. Николоса Бара. –М.: ИКЦ «Дис» 1997. – С. 223-234. - boshqa joydagi ishga qabul qilinganda sarf qilingan moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to`lash; - haq to`lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi. Hozirgi vaqtda O`zbekistonda mehnat bozorini boshqarishda bir qator yo`nalishlar mavjud bo`lib, ular aholi bandligi davlat xizmatiga taalluqlidir. Bu xizmatning asosiy vazifasi mehnat bozori haqidagi axborotni tarqatish hisobiga mehnat bozorining faoliyat ko`rsatish samaradorligini oshirishdan iborat. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling