Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Davlatning bandlik siyosati va aholini ish bilan ta`minlash
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
10.4. Davlatning bandlik siyosati va aholini ish bilan ta`minlash
Mehnat bozori bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. Mehnat bozorida mehnat sotilmaydi, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyati, mehnat xizmati sotiladi 1 , chunki mehnat kishilarning ma`lum maqsadga yo`naltirilgan faoliyati jarayoni bo`lib, unda ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari qo`shilishi natijasida kishilarning ehtiyojlarini qondirishga mo`ljallangan mahsulot yaratiladi va xizmat ko`rsatiladi 2 . Mehnat bozorida ishchi kuchini sotish va sotib olish erkin xodimni ishga yollash shaklida namoyon bo`ladi. Ishga yollash ma`lum shartlar, ya`ni ish kunining uzunligi, ish sharoitlari va rejimi, ish haqining miqdori, bajariladigan ish turi, lavozim va kasb majburiyatlari asosida amalga oshiriladi. Mehnat bozori yollanma ishchi, xodim va ish beruvchi, tadbirkorning iqtisodiy erkinligiga asoslanadi. Demak, ishchi kuchi mehnat bozorining ob`ekti hisoblanadi. Uning sub`ektlari quyidagilardan iborat: - ishlab chiqarish vositalari egalari, ish beruvchilar va ularning manfaatlarini ifodalovchi uyushmalar (tadbirkorlar uyushmalari); - yollanma ishchi, xodimlar, ya`ni ishchi kuchi egalari va ularning manfaatlarini ifodalovchi tashkilotlar, kasaba uyushmalari; 1 Курс экономическай теории: Учебник. 4-е доп и перераб изд. Киров : “АСА” 1999, – С.231. 2 Шодмонов Ш.Ш., Ғафуров У.В. Иқтисодиёт назарияси. / Маъруза матни/ -Т., 2007, 23-бет. - davlat. Davlat o`zining turli boshqarish organlari orqali ish beruvchi va yollanma xodimlar o`rtasida vosita bo`lib, ular o`rtasidagi ishga yollash bo`yicha bo`ladigan mehnat munosabatlarini tartibga soladi. Mehnat (ishchi kuchi) bozori quyidagi vazifalarni bajaradi: - ishchi kuchini zamonaviy ehtiyojlarga asosan takror ishlab chiqarishni ta`minlashga ko`maklashish; - ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar o`rtasida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta`minlash; - ishchi kuchining mobilligi, ya`ni harakatchanligini faollashtirish; - mehnat unumdorligini o`stirishga ra`gbatlantirish; - mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta`minlanishi orqali aholi daromadlari va turmush hdarajasini o`stirish. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling