Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning shakllari va usullari
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
10.3. Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning shakllari va usullari. Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning usullari va shakllari ko`pgina omillarga bo`gliq. Ulardan: iqtisodiy rivojlanish darajasi, ushbu sohada davlat va nodavlat sektorlarining mutanosibligi, davlatning iqtisodiy siyosati va boshqalar. Ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solishning asosiy shakllari bo`lib: qonunchilik aktlari, byudjet-kredit va soliq shakllari, ijtimoiy sohaning bir qismini, ya`ni davlatga tegishli bo`lgan korxona va tashkilotlarni to``gridan-to``gri boshqarish. Masalan, MDH mamlakatlarida va shu qatori O`zbekistonda ham ijtimoiy sohani tartibga solishning quyidagi shakllari qo`llaniladi: 1) mulkchilik shaklidan qat`iy nazar ishchilar uchun eng kam ish haqi darajasi, pensiya, ish kunining davomiyligi, mehnat tatilining davomiyligi qonunda belgilash yo`li bilan tartibga solish; 2) byudjet xodimlari uchun va davlat tashkilotlaridagi ishchilar uchun mehnatga haq to`lash tizimi tariflarini o`rnatish; 3) pensiya, nafaqalar, stipendiyalar darajasini o`rnatish, urush va mehnat fronti qatnashchilari uchun imtiyozlar tizimini o`rnatish; 4) ishchilar uchun progressiv soliq stavkalarini o`rnatish; 5) ijtimoiy soha tarmoqlari o`rtasida davlat byudjeti xarajatlari eng optimal proportsiyasini o`rnatish; 6) ko`proq ijtimoiy-zaruriy maxsulot va xizmatlarning yuqori narxlarini o`rnatish orqali aholi daromadlarini tartibga solish, inflyatsiya jarayonida esa pesionerlar, davlat ijtimoiy soha ishtirokchilari ishchilarining daromadlarini indeksatsiyalash. Eng kam ish haqining miqdori iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab belgilanadi. Masalan, G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida eng kam ish haqi ancha yuqori ekanligini bilamiz. Biroq shu o`rinda turli narx darajalarini ham hisobga olish zarur. G‘arb mamlakatlarda soatbay ish haqining quyi chegarasi soatiga 5 dollar hisoblanadi. Shu qatorda davlat tomonidan o`rnatilagn eng kam ish haqi darajasidan aholini turmush darajasini taxlil etishda va mutloq qashshoqlik ko`rsatgichi sifatida foydalaniladi. Eng kam ish haqi iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va bandlikka ham bo`gliqdir. Masalan, Jahon banki mutaxassislari tomonidan mutloq qashshoqlik darajsini aniqlashda aholini bir kunda 2,15 dollar daromad oladigan qisminigina hisobga olishadi. Quo`ida rivojlangan mamlakatlar qatori markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy sohani islohotlar olib borilmoqda, ijtimoiy maqsadlarga daromadlarni taqsimlash munosabatlari o`zgarmoqda. Asosan pensiya tizimida sezilarli o`zgarishlar va pensiya islohotlari olib borilmoqda. Pensiya yoshi oshmoqda, davlat pensiya fondi bilan birga nodavlat pensiya fondlari shakllanmoqda. Jam`garib boriladigan pensiya fondi tizimi joriy etilmoqda. Shunday bo`lsada, pensionerlar soni oshmoqda, pensiya uchun resurslarni oshirish talab etilmoqda, pensiya yoshi uzaymoqda. Masalan Angliya va boshqa qator mamlakatlarda 65 yoshdan pensiyaga chiqish haqida taklifi qo`yilmoqda. Eng ko`p jon boshiga ijtimoiy maqsadlarda qilingan xarajatlar Skandinaviya mamlakatlariga xosdir. Bu mamlakatlarda pensiya fondini shakllantirishni davlat o`z zimmasiga olgan. Germaniyada biroz boshqacha yondashuv mavjud. Pensiya fondini yaratishni aholining o`zi qabul qilgan, ya`ni uning o`zi ushbu fondga badalini olib borib berishi lozim. Ijtimoiy su`gurta fondini shakllantirishda xususiylashtirishlar olib borilmoqda, shu qatori Lotin Amerikada ham. Bunda tadbirkorlar ijtimoiy su`gurta fondi badallaridan ozod etiladi. Bu fondning resurslari ishchilarning badallari hisobiga va vaqti-vaqti bilan beriladigan davlat resurslari hisobiga shakllanadi. Qator mamlakatlarda mutloq qashshoqlik ko`rsatgichi o`rnida xayot kechirish minimumi ko`rsatgichi qabul qilingan. Turli mamlakatlarda bu ko`rsatgich turlichadir. Qashshoqlik jihatini o`rtacha ish haqiga nisbatan foiz ko`rinishda aniqlash mezoni keng tarqalgan. Masalan, Bolgariyada hayot kechirish minimumi o`rtacha ish haqining 53-65% ga teng, Chexiyada 55-56% ga, Polshada 36% ga teng. Keltirilgan ko`rsatgichdan kam daromadga ega bo`lganlar qashshoqlar toifasiga kiritiladi. O`zbekistonda ijtimoiy siyosat ustuvor yo`nalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xalq ta`limi va so`gliqni saqlash uchun resurslarning shakllanishida o`zgarishlar bo`lib, davlat oliy va o`rta bilim yurtlarida shartnoma asosida ta`lim berish va o`quv yurtining yangi shakllari yuzaga keldi. So`gliqni saqlashda pulli va bepul xizmatlar ko`rsatish ko`rinishlari yuzaga keldi. Ijtimoiy su`gurtada ko`p bolali oilalarga maxalla yi`ginlari tomonidan yordam ko`rsatishning roli oshdi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling