Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
BOZOR IQTISODIYOTIDA DAVLATNING MAKROIQTISODIY MUVOZANAT
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
12. BOZOR IQTISODIYOTIDA DAVLATNING MAKROIQTISODIY MUVOZANAT
TA`MINLASH VA INQIROZGA QARSHI SIYOSATI. 12..1. Makroiqtisodiy muvozanat va uning namoyon bo`lish shakllari. Iqtisodiyotdagi barcha murakkab takror ishlab chiqarish aloqalari makroiqtisodiy muvozanat zaruratligini oshiradi. Makroiqtisodiy muvozanat davlatning boshqaruvi ta`sirisiz ijobiy natijalarga erisha olmaydi. Bozor iqtisodiyoida bunday muvozanatni namoyon bo`lishining muxim shakli bo`lib, ja`mi talab va ja`mi taklif barqarorligi hisoblanadi. Ushbu barqarorlik usuli bo`yicha birqancha kontseptsiyalar mavjud. Ma`ruzaning asosiy vazifasi barqarorlikka erishishning asosiy yo`llarini va kontseptsiyalarda e`tirof etilgan barqarorlik samaralarini ochib berish. Birinchi galda ob`ektiv qonuniyat, ya`ni jamiyat daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi muvozanatning zarurati makrodarajada yuzaga keladi. Bu muvozanatning aniq shakli bo`lib, ja`mi taklif (yaratilgan YaIM) va ja`mi talab (iste`mol etilgan YaIM) o`rtasidagi muvozanat hisoblanadi. Bozor mustaqil holda, davlat aralashuvisiz ta`kidlangan muvozanatni ta`minlay olmaydi. Ja`mi talab va ja`mi taklif o`rtasidagi muvozanat yuzaga kelgan sharoitdagina makroiqtisodiy muvozanatga erishiladi. Ja`mi talab va ja`mi taklif o`rtasidagi mutanosiblikda ne`matlarni oldi-sotdisi, ma`lum bir muddat davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan va yakuniy iste`mol etishga yo`naltirilgan jam`garish, iste`mol va sof eksport bilan bo`gliq ja`mi munosabatlar yi`gindisi namoyon bo`ladi. Bu esa tovar va xizmatlar bozori tushunchasidan xususiy bozorlar yi`gindisi (poyafzal bozori, gazlama bozori, qurilish mollari bozori, qishloq xo`jaligi maxsulotlari bozori va b.) tushunchasini farqli ekanini bildiradi. Xususiy bozorlarda oraliq maxsulotlarning (xom ashyo, material, yoqil`gi va b.) oldi-sotdi joylari mavjud. Butun iqtisodiyot darajasida o`zaro bo`gliqlikdagi bozorlarning (ishlab chiqarish omillari bozori, mehnat bozori, pul bozori, moliya bozori va b.) umumiy tizimida tovar va xizmatlar bozori markaziy zveno bo`lib hisoblanadi. Iqtisodiyotda ja`mi talab va ja`mi taklif chambarchas bo`gliqlikda uchraydi. Ja`mi talab – bu mavjud daromadlar va narxlar darajasida talab eta olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar xajmidir. Ja`mi taklif – bu mavjud narxlar darajasida ishlab chiqarilgan va taklif etilgan tovar va xizmatlar umumiy miqdoridir. Ja`mi talab – bu iste`mol tovarlariga va xizmatlarga va investitsion tovar va xizmatlarga bo`lgan talab. Ja`mi taklif ishlab chiqarilgan YaIM ga teng bo`lib, ja`mi talab uning iste`mol etilgan qismidir. Iqtisodiyotning sektorlari va ularning xarajatlariga mos ravishda ja`mi talabning tarkibiy qismi quyidagicha: 1. Uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari; 2. Xususiy sektorning investitsion xarajatlari; 3. Davlat byudjeti tashkilotlarining tarkibi va ularni rivojlantirish uchun investitsiya va moddiy sarflarga davlat xarajati; 4. Sof eksport Ba`zi adabiyotlarda ja`mi talab tarkibining uchinchi qismida keltirilgan davlat byudjeti tashkilotlariga qilinadigan sarflar va moddiy investitsiya davlat xarajatlari davlat haridi deb ham yuritiladi. U quyidagilarni o`z ichiga oladi: davlat investitsiyasi, milliy mudofaaga xarajatlar, davlat tashkilotlari xodimlariga ish haqlari va h. Bu o`rinda davlat tashkilotlari xodimlariga beriladigan ish haqlari uy xo`jaliklarini iste`mol xarajatlariga sarfini aks ettiradi bu esa ikki marotaba hisoblashni keltirib chiqaradi. Uy xo`jalaiklarining iste`mol xarajatlari, xususiy sektorning investitsion xarajatlari, davlat xaridi va sof eksport yi`gindisi iste`mol etilgan YaIM miqdoridan ko`p bo`lishini keltirib chiqaradi.Taklif etilayotgan ja`mi talab tarkibi haqiqatga yaqinroqdir. U takror hisoblashdan xoli. Ja`mi talabda investitsiya xususiy sektorda qanday bo`lsa davlatda ham shunday hisobga olinadi. Shu sababli makroiqtisodiy investitsiya mikroiqtisodiydan farqlanadi. Shuday ekan uy xo`jaliklari va firmalar uchun investitsiya nafaqat real kapitalga qo`yilma qilish balki moliyaviy aktivlarga qo`yilma qilish ham hisoblanadi(aktsiya, obligatsiya va b. qimmatli qo`gozlar). Makroiqtisodiy nuqtai nazarda moliyaviy aktivlarni (qimmatli qo`gozlar va b.) sotib olish investitsiya hisoblanmaydi. Investitsiya makroiqtisodiy nuqtai nazarda faqat real kapital harid qilish va asosiy kapitalga mehnatni yollash hisoblanadi. Ja`mi talab xajmi bir qator omillarga bo`gliq, ular quyidagilar: uy xo`jaliklarini ishkuini sotishdan olgan daromadlariga, yakka tartibdagi tovar ishlab chiqarish faoliyatiga, soliqqa tortish xajmiga, mamlakatdagi narxning umumiy darajasiga, muomaladagi naqd pul miqdoriga, narx o`zgarishining kutilishiga, kutilayotgan foydga, bank kredit foizlarining usishiga va b. Ja`mi talab va narx darajasi o`rtasidagi bo`gliqlik teskari, biroq ja`mi taklif va narx darajasi to``gri bo`glangan, ya`ni narx darajasi qancha yuqori bo`lsa, shuncha taklif ko`p bo`ladi. Ishlab chiqarishga ta`sir etuvchi omillar bu ja`mi taklifga ham ta`sir etuvchi omillar hisoblandi. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling