Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
O`zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
1.4. O`zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning
ustuvor yo`nalishlari Bozor munosabatlariga o`tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat xo`jalik sub`ektlari faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta`minlashi va fuqarolarga ziyon keltirishiga yo`l qo`ymasligi kerak. Ushbu maqsadlarda davlat, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kichik va o`rta biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko`paytirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobatbardoshligini rivojlantirish, fond bozori, yer va ko`chmas mulk bozorlarini shakllantirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak. Bundan tashqari, hokimiyatning barcha bo``ginlarida qonun loyihalarining sifati va asoslanganlik darajasini oshirish hamda qonunga barchani, hatto davlat hokimiyati organlarining ham qat`iy rioya etishlari bo`yicha tadbirlar amalga oshirilishi zarur bo`ladi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash uchun davlat quyidagilarni ko`zda tutishi lozim: - ijtimoiy institutlar strategiyasini bir-biriga yaqinlashtirish, ularning faoliyatini koordinatsiyalashtirishga imkon beradigan institutsional o`zgarishlarni amalga oshirish; - xo`jalik jarayonlarining barcha ishtirokchilari uchun lobbizmni qonuniy cheklash, qonunchilikni maksimal unifikatsiyalash (ya`ni imtiyozlari va turli preferentslarni qisqartirish va yo`qotish) uchun iqtisodiy va ijtimoiy xatti-harakatlarning umumiy tamoyillarini ishlab chiqish va qabul qilish; - iqtisodiyot sub`ektlari va davlat boshqaruv organlari tomonidan qonunlarga, faoliyat tartib – qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish; - iqtisodiy munosabatlar sohasida vujudga keladigan munozara va ziddiyatlarni hal qilish mexanizmini yaratish; - kadrlarni korxonalar xo`jalik faoliyatini tahlil qilish va investitsiya loyihalarini baholashning zamonaviy usullariga o`qitishni tashkil qilish; - jamiyatda iqtisodiy barqarorlikni oshirish va ijtimoiy keskinlikning o`sishiga yo`l qo`ymaslik; - mamlakat iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish. Shunga muvofiq ravishda sobiq totalitar tizimdan bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlar yaqin istiqbolda quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim bo`ladi: 1) samarali va raqobatbardosh ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash va istiqboli yo`q, eskirgan ishlab chiqarishni to`xtatib qo`yish; 2) tarkibiy o`zgartirishlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan iqtisodiyot infratuzilmalarini rivojlantirish; 3) iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta`minlash; 4) mavjud ilmiy texnika salohiyatining eng qimmatli elementlarini saqlash; 5) iqtisodiyot tarkibining deformatsiyalashuviga barham berishda chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish tarkibini to`lovga qodir talab bilan uy`gunlashtirish; 6) korxonalarning bozor sharoitlariga moslashuvini tezlashtirish; 7) eksport salohiyatini diversifikatsiyalash; 8) ekologik xavfsizlikni oshirishni ta`minlash. Ushbu vazifalarni bajarish milliy iqtisodiyotning ko`pchilik tarmoqlarining raqobatga bardoshli emasligini bartaraf etishga imkon yaratadi. Bundan kelib chiqqan holda, tarkibiy siyosat mikro va makro iqtisodiyot darajalarida uch asosiy yo`nalishda amalga oshirilishi kerak, degan xulosa chiqarish mumkin. Buning uchun davlat hokimiyat organlari mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash uchun ma`lum tarmoq va sohalarni selektiv qo`llab-quvvatlashi darkor bo`ladi. Makroiqtisodiyot darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinishi zarur: - jami talabni oshirish; - jam`garish normasini o`stirish va uni investitsiyaga aylanishini ta`minlash; - rivojlanishdan to`xtab qolgan sektorlardagi barcha turdagi resurslarning rivojlanayotgan sektorlarga oqib o`tishini ra`gbatlantirish; - yalpi investitsiyalarni ko`paytirish; - eksportni ra`gbatlantirish; - umum qabul qilingan tartib-qoidalar doirasida milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida importni tartibga solish. Mikroiqtisodiyot darajasida tarkibiy siyosatni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalarni bajarish zarur bo`ladi: - iqtisodiy nuqtai nazardan samarali korxona va ishlab chiqarishlarning rivojlanishini ra`gbatlantirish va qo`llab-quvvatlash; - samarasiz ishlab chiqarishlar va korxonalarni tugatish yoki reorganizatsiya, ya`ni qayta tashkil etish; - yangi monopolistik tuzilmalarning paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik; - tarmoqlararo kapital oquvchanligini ta`minlash maqsadida fond bozorining rivojlanishini tartibga solish va ra`gbatlantirish; - narx o`sishini to`xtatish chora-tadbirlarini ko`rish; - iqtisodiy sub`ektlar xatti-harakatining bozorga xos normalarini joriy qilishni ra`gbatlantirish. Mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash uzoq muddatli strategik vazifa hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash davlat strategiyasi, ya`ni doktrinasini ishlab chiqish va qabul qilish zarur bo`ladi. Ushbu davlat strategiyasi oliy milliy davlat manfaatlariga javob bera olishi kerak. Iqtisodiy xavfsizlik davlat strategiyasida erishiladigan pirovard maqsad va uni amalga oshirish bosqichlari o`z ifodasini topishi lozim. Shu davrda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning kafolati bo`lgan davlatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo`ladi: - xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha xo`jalik va siyosiy xarakterdagi qarorlarni qabul qilish; - ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mexanizmiga tahdidlarning paydo bo`lganligi to``grisida signal beruvchi indikatorlarni kiritish; - iqtisodiy tahdidlarni yumshatish, bartaraf etish, neytrallashga qaratilgan samarali chora- tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshirish. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash kontseptsiyasi doimo uzoq muddatli milliy davlat manfaatlariga asoslanadi. Boshqacha aytganda mazkur kontseptsiya mamlakatning kelajagi to``grisidagi tasavvurga, isloh delga, shuningdek, barqaror, mustahkam rivojlanish strategiyasiga bo`gliq bo`ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling