2-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi
bog’liqlik.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va
binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga
quyidagi muammolarni qo’yadi.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning o’timal variantlarini (eng zarur va tejamli
turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’’roq ishlab chiqarishga jalb qilish.
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material,
xom-ashyo turlari, ularning manbalarini to’ib, foydalanishga jalb qilish, resurslar
unumdorligining oshishiga erishish.
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishni
taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |