Иқтисодий таълимотлар тарихи
Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix
Download 285.88 Kb.
|
ITT-7-mavzu-(1)
Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), FridrixVizer (1851-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari K.Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), F.Vizerning «Xo’jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to’g’risida» (1884), Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-89), «Xo’jalik ne’matlari boyligi nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi» (1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan.Avstriya maktabining ta’limoti Angliya, Germaniya, AQSh va Rossiyada hamda boshqa mamlakatlarda yoyildi. Bu ta’limot iqtisodiyot fanining shundan keyingi rivojiga katta ta’sir o’tkazdi. Avstriya maktabi iqtisodchilarining asarlarida avvalo siyosiy iqtisod predmeti, uning uslubiy negizlari va tadqiqot usuli to’g’risidagi ta’limot yanada kengaytirildi.Menger va uning tarafdorlari ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqarishning rivojini tartibga soluvchi iqtisodiy qonunlarni siyosiy iqtisod predmetiga kiritmas edilar. Ularning konsepsiyasiga ko’ra siyosiy iqtisod xo’jalik subyekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idrok etishni o’rganishi lozim edi. Byom- Baverkning da’vo qilishicha, siyosiy iqtisod subyekt hislarida iqtisodiy hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak.Alohida xo’jalik tadqiqot obyekti qilib olinar va shu xo’jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinar edi. Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs - Robinzon xo’jaligi mana shunday xo’jalikning oliy maqsadi deb atalardi. Avstriya maktabi kapitalistik xo’jalikni mana shunday eng oddiy elementlarning mexanik yig’indisi deb talqin etardi. Umuman iqtisodiyot qonunlarini o’rganish uchun alohida olingan bir xo’jalik (firma, korxona) misolida shu qonunlarni ko’rib chiqish yetarli deb hisoblanardi (mikroiqtisodiyot). «Робинзонада усули» Tadqiqotning bu usuli «Robinzonada usuli» degan nom oldi. Shu usul yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari chiqarib tashlandi, iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni kuchaytirildi, ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soddalashtirildi. «Robinzonada usuli» asosida siyosiy iqtisod tarixiy va sinfiy muayyanlikdan mahrum bo’lar, unda individuallik keng targ’ib qilinardi. Ayirboshlash konsepsiyasining tarafdorlari bo’lgan Avstriya maktablarining iqtisodchilari iqtisodiy masalalarni faqat bozor munosabatlaridan, ya’ni ayirboshlash munosabatlaridan iborat qilib qo’ydilar.«Robinzonada usuli» madhiyabozlik tusida Download 285.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling