Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш


Hayvonga gipsli bog’lam qo’yish texnikasi


Download 370.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/50
Sana08.01.2022
Hajmi370.03 Kb.
#252412
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash

Hayvonga gipsli bog’lam qo’yish texnikasi 

Oyoqni gipslashga tayyorlash uchun oldin singan suyakni tortish usuli orqali 

o’z shakliga keltiriladi. Bordi-yu oyoqning biron bo’g’imi o’rnidan chiqqan bo’lsa, 

uni  o’z  joyiga  kirgizishga  harakat  qilinadi.  Kirgizishdan  oldin  narkotik  modda 

ishlatiladi  yoki  mahalliy  anesteziya  o’tkaziladi.  buning  uchun  umumiy 

og’riqsizlantirish va harakatsizlantirish maqsadida muskul orasiga 1 ml/kg 2,5 % li 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

56

aminazin va 0,2  ml/kg 2 % li ketamin eritmasi yuboriladi. Kesim chizig’i bo’ylab 



10 ml 0,5 % li novokain eritmasi yuboriladi. 

Gipslashni    boshlashdan  oldin  oyoqning  shikastlangan  joyi  toza  doka  bilan 

o’raladi,  keyin  uning  ustidan  sariq  paxta  qo’yib,  sudraluvchi  usul  bilan  shu  yer 

o’raladi.  Siniq  suyakning  bo’rtib  chiqib  turgan  joyiga  paxta  qo’yib 

qalinlashtiriladi.  Paxtasiz  gipslashning  farqi  birinchidan  shundaki,  operasiya  ishi 

tezlik  bilan  bajariladi,  ikkinchidan  oyoq  uchun  yengillik,  chiroyli  va  mustahkam 

bo’ladi. 

Gipslangan  bintni  qo’llash  uchun  uy  harorati  yoki  biroz  undan  issiq  suv 

ichiga  gipslangan  bint  botiriladi,  shunda  uning  orasida  pufakcha  shaklida  havo 

chiqa  boshlaydi.  Havosi  tamom  bo’lishi  bilan  gipslangan  bintni  suv  idishidan 

chiqarib u biroz qisiladi, shunda ortiqcha suv chiqib ketadi, lekin iloji boricha bint 

tarkibida gips ko’proq kolishi kerak. 

Gipslangan  bintni  o’rashda  burab  o’rash  usulini  qo’llab  chetdan  markazga 

qarab  bintni  bukmasdan  o’raladi.  Oyoqning  yuqori  va  pastki  tomonlariga 

joylashgan  paxta,  o’ralayotgan  bintning  ikki  chekkasidan  biroz  tashqariga  chiqib 

turishi  albatta  zarur,  chunki  bu  1-2  sm  chiqib  turga  paxta  tana  terisiga  o’ralgan 

bintning  bosim  kuchini  qaytarishga  ko’maklashadi,  shunda  tomir  va  nervlar 

qisilmaydi.  Kichik  mollarga  4-5,  katta  hayvonlarga  10-15  qavat  gipslangan  bint 

o’raladi. 

Gipslangan  o’rovni  turli  muddatlar  orasida:  yirik  hayvonlardan  10-15  hafta 

ichida olib tashlanadi, gipslangan o’rovni maxsus qaychi yoki Rixterning pichog’i 

yo  qaychisi  orqali  kesiladi.  Kesishdan  oldin  mo’ljallangan  chiziqni  kuchli  uksus 

kislotasi eritmasi yoki issiq quyuqlashgan natriy xlorid eritmasi orqali o’ralgan bint 

yumshatilib, keyin bog’lam uzunasiga kesiladi. 

 

 

 



 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com


 

57


Download 370.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling