2-modda. Veterinariyaning vazifalari.
Quyidagilar veterinariyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: Hayvonlarni
(chorva mollar, parrandalar, mo’ynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilar,
hayvonot bog’laridagi va boshqa shu kabilardagi jonivorlarni kasalliklardan
himoya qilish;
Aholini odam va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan kasalliklardan muhofaza
qilish;
O’zbekiston
Respublikasi
hududini
boshqa
davlatlar
hududidan
hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilish;
Yagona davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish;
Atrof muhitni himoya qilishning veterinariya-sanitariya muammolarini hal
etish;
Veterinariya xodimlari tayyorlash va ularni malakasini oshirish;
Fan va texnika yutuqlarini veterinariya amaliyotiga tadbiq etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |