Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш
Mavzuning xalq xo’jaligidagi dolzarbligi va
Download 370.03 Kb. Pdf ko'rish
|
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash
1.1. Mavzuning xalq xo’jaligidagi dolzarbligi va
uni ilmiy asoslash
Respublika aholisini chorva mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida uning barcha yo’nalishlari kabi itchilikni rivojlantirish ham ustivor vazifa bo’lib hisoblanadi.
K.I. Shakalov (1981)ning ma’lumotiga ko’ra yuchki yuqumsiz kasalliklar qishloq xo’jalik hayvonlari orasida keng tarqalgan bo’lib, o’rtacha 94-97 % ni tashkil qiladi, ulardan 40-70 % esa jarroxlik kasalliklariga to’g’ri keladi. Bu kasalliklar chorvachilikda, xususan fermer xo’jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Itlar ham boshqa hayvonlarga o’xshab turli kasalliklarga chalinadi.
Davlatimiz mustaqil bo’lgandan keyin itlarga bo’lgan ehtiyoj yana ham ortdi. Chunki mustaqil davlatni mustaqil chegarasi bo’lishi kerak, uni qo’riqlashda chegarachilarga itlar katta ko’mak beradi. Hozirgi vaqtda itshunoslik xalq xo’jaligining turli sohalarida muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Qishloq xo’jalik, xizmat, dekorativ, sport va maxsus itshunoslikning rivojlanishiga talablar yanada PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 17 oshdi, chunki bu hayvonlar odamlarning eng yaqin yordamchilariga aylanib qolgan.
Itlardan foydalanishning barcha shakllarini va ularning odamning ma’naviy dunyosini boyitishdagi rolini hisoblab o’tish qiyin. Cho’l va tog’ chorvachiligida qo’llaniladigan cho’pon itlari qo’y otarlarni yirtqich hayvonlardan himoya qiladi, hayvonlarni boqishda va joydan joyga ko’chirganda yordam beradi va shu bilan cho’ponlarga sezilarli darajada ko’maklashadi. Itlar geolog, g’avvos, aloqachi, nogiron, sanitar va qutqaruvchilarning buyruqlarini bajaradi. Itlar xalq xo’jaligida ishlatilishi bilan birgalikda sirk, dekorativ va havaskorlik hamda ilmiy izlanishlar kabi boshqa yo’nalishlarda ham qo’llanadi.
Ko’p ilmiy ixtirolar ham itlar bilan bog’liq. Masalan, I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati sohasidagi eksperimental tekshirishlar natijalarini odam va hayvonlar ruhiy hamda fiziologik faoliyatini tushunishning asosiga qo’yilgan. Ko’pchilik dori vositalari ta’siri birinchi navbatda itlarda tekshiriladi.
Itlarda boshqa hayvonlardek kasalliklar rivojlanishi, jarohatlar olishi, suyaklari sinishi mumkin. Kasallik sababiga ko’ra ichki yuqumsiz, yuqumli, parazitar va xirurgik bo’lishi mumkin.
Oyoq kasalliklari yuqumsiz kasalliklarning 10-15 % ini tashkil etadi. Oyoq kasalliklari ichida barcha turdagi hayvonlarda, lekin ayniqsa itlarda suyak sinishlari ko’p miqdorni tashkil qiladi. Itlar orasida shikastlanishlar ko’p tarqalgan. Bu itlar uchun katta muammo bo’lib turibdi. I.B. Samoshkin (1989) ning ma’lumotlariga ko’ra ichki yuqumsiz kasallik-larning 12 % ni shikastlanishlar tashkil qiladi.
Shikastlanishlar orasida har xil suyaklarning sinishi katta foizni tashkil qiladi. Sinishlarni konservativ va xirurgik yo’l bilan davolash mumkin. Konservativ usulga shinali, gipsli, yelimli bog’lamlarni qo’llash kirsa, xirurgik usulga esa har xil usul bilan olib boriladigan osteosintez usuli kiradi. Asosan xirurgik amaliyotda intramedulyar va plastinkali osteosintez qo’llaniladi. Ikkala usul ham yaxshi natija beradi, lekin suyakning sinishiga qarab u yoki bu usul qo’llaniladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
ma'muriyatiga murojaat qiling