Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш
Download 370.03 Kb. Pdf ko'rish
|
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash
2.1. Suyakning tuzilishi
Suyakda 50 % gacha suv, 15 % gacha yog’, 12 % gacha organik modda – ossein va 21 % gacha mineral moddalar bo’ladi. Organik moddalar suyakka qayishqoqlik, cho’ziluvchanlik, mineral moddalar esa qattiqlik beradi. Buni bilish uchun bir bo’lak suyakni biror kislotaga solsak, tarkibidagi tuzlar erib, suyak egiluvchan bo’lib qoladi, agar kuydirsak ossein kuyib, suyak mo’rt bo’lib qoladi. Suyakning tarkibida bir qancha mineral tuzlar: kalsiy fosfat (85 % gacha), kalsiy karbonat (9% gacha), kalsiy ftorid (3 % gacha), magniy fosfat (1,7 % gacha), xlor tuzlari (0,2 % gacha) va temir tuzlari (0,6 % gacha) bo’ladi.
Suyakning kimyoviy tarkibi hayvonlarning yoshiga qarab o’zgarib boradi. Qari hayvonlar suyagida organik moddalar kamayib, anorganik moddalar ko’payadi. Natijada suyakning tarkibi o’zgarib, suyak mo’rt bo’lib qoladi. Suyaklar juda mustahkam bo’lib, odamning 1 mm 2 suyagi 9,25–12,41 kg yuk ko’tara oladi. Son suyagi esa 5607 kg yuk qo’yilganda sinishi mumkin. Suyaklarning tabiiy xossalari ularning kimyoviy tarkibiga, hayvonlarning yoshiga, jinsiga va turiga, suyaklarning tuzilish holatiga bog’liq bo’ladi. Oyoq suyaklari barcha hayvonlarda oldingi va keyingi oyoq suyaklaridan iborat bo’lib, u hayvon tanasi uchun harakat richagi va tayanch organ hisoblanadi. Oyoq suyaklari yordamida hayvon atrof-muhitda turli–tuman harakatlarni sodir etadi, bu harakatlar yerda, havoda, suvda sodir bo’lishi mumkin.
Hayvonlarda harakat turli shaklda bo’lib, unda periferik skeletning tuzilishi turlicha bo’ladi.
Oyoq suyaklarini har ikkalasi ham o’ziga xos vazifalarni bajaradi, jumladan, oldingi oyoq suyaklari tayanch vazifani bajarib, harakatni boshqarib tursa, keyingi oyoq esa asosiy lokomotor organ bo’lib, tananing oldinga harakat qilishda asosiy lokomotor organ bo’lib xizmat qiladi. Ba’zi hollarda uning aksi ham bo’lishi mumkin.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 24
Oyoq suyaklari o’zlarining tuzilishiga ko’ra ikki qismga bo’linadi: Kamar suyaklari – skeleton cerculum s. Cingulum bunga oldingi oyoqni yelka kamari, keyingi oyoqni tos kamari suyaklaridan iborat.
Yelka kamari suyaklari – cingulum membri thoracici yelka kamar suyaklari ko’krak qafasiga birlashgan bo’lib o’z navbatida quyidagi uchta suyakdan iborat: kurak suyagi – scapula, o’mrov suyagi – clavicula, karakoid suyagi – coracoideum.
Tos kamari suyaklari – cinogulum membri pelvini. Tos kamar suyaklari tos suyagini hosil qilib, dumg’aza suyagi bilan birikishi natijasida tos (chanoq) ni – pelvis ni hosil qiladi. Tos kamari ikkita nomsiz suyakdan – os coxae iborat bo’lib, har bir nomsiz suyak o’z navbatida quyidagi uchta suyakdan iborat: yonbosh suyagi – os ilium, qo’ymich (o’tirg’ich) suyagi – os ischii, qov – os pubis.
Oyoqning erkin harakat qiladigan suyaklari – skeleton membri libera. Oyoq suyaklarini erkin harakat qiladigan zvenosi tashqi muhit ta’siri, yashash sharoiti va boshqa ekologik faktorlar ta’risida hayvonot dunyosida turli morfologik va anatomik o’zgarishlarga uchradi. Hayvonlarning erkin harakat qiladigan suyaklari o’zlarining anatomik tuzilishi, topografiyasi, ketma–ketligi va bajaradigan vazifalariga ko’ra quyidagicha bo’linadi:
Download 370.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling