Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш


Download 370.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/50
Sana08.01.2022
Hajmi370.03 Kb.
#252412
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Bog'liq
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash

Kurak  suyagi  –  scapula  uchburchak  shakldagi  plastinkasimon  suyakdir.  Bu 

suyak qovurg’alarning ustki tomonida joylashgan. 

 

Yelka  suyagi  –  os  brachii  s.  Humeras  uzun  nay  shaklida  bo’lib,  kurak 

suyagining  pastki qismida joylashadi.  Bu suyak  ham, boshqa suyaklar singari, bir 

necha qismga: yuqorigi, pastki qismlarga va tanaga bo’linadi. 

 

Bilak  va  tirsak  suyaklari  –  ossa  antibrachii  uzun  nay  shaklida  bo’lib,  bir-

biriga  qo’shilgan.  Bilak  suyagi  tirsak  suyagining  oldingi  tomonida  joylashadi. 

Bilak  suyagi  bilakuzuk  suyaklarigacha  yetib  boradi.  Tirsak  suyagining  yuqorigi 

qismi yaxshi rivojlangan, pastki tomoni esa anchagina ingichka bo’ladi. 

 

Bilak  suyagi  –  os  radius  hamma  hayvonlarda  yaxshi  rivojlangan  bo’lib, 

yuqorigi  tomonida  bo’g’in  chuqurchasi  bor,  u  tirsak  bo’g’imini  hosil  qilib,  yelka 

suyagining pastki qismi bilan harakatchan birikadi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

27

 



Tirsak  suyagi  –  os  ulna  hamma  hayvonlarda  bir  xil  emas,  u  bilak  suyagiga 

qaraganda  ancha  uzun  bo’ladi,  chunki  uning  kuchli  rivojlangan  tirsak  o’simtasi  – 

olecranon  da  bo’rtik  –  tuber  olecrani  bo’lib,  unga  uch  boshli  yelka  muskuli  kelib 

birlashadi. 

 

Bilakuzuk suyaklari – ossa carpi bir qancha mayda suyaklardan hosil bo’lib, 

bilak,  tirsak  va  kaft  suyaklarining  o’rtasida  ikki  qator  bo’lib  joylashadi.  Yuqorigi 

qatorda  to’rtta  suyak  bor,  ular:  a)  bilakning  bilakuzuk  suyagi  –  os  capri  rodiale 

bilan suyagining ichki yuzasida; b) oraliq bilakuzuk suyagi – os carpi intermedium 

bilak va tirsak, bilaguzuk suyaklarining oralig’ida; v) tirsakning bilakuzuk suyagi – 

os  carpi  ulnari  tirsak  suyagining  to’g’risida;  g)  qo’shimcha  bilakuzuk  suyagi  –  os 

carpi  accessorium  tirsak  bilakuzuk  suyagining  yon  yuzasida  joylashadi,  bu  suyak 

cho’ziqroq – yumaloq bo’ladi. 

 

Pastki qatorda 3-4 ta suyakcha bo’lib, ular I-II-III-IV-V bilakuzuk suyaklari 



– os carpi primum, secundum, tertium, quartum, guintum deyiladi. 

 

Kaft  suyaklari  –  ossa  metacarpi  uzun,  nay  shaklida  bo’lib,  sekin-asta 

rudimentlashmoqda,  chunki  o’tmishdagi  hayvonlarda  5  ta  kaft  suyagidan  hozirgi 

bir tuyoqlilarda 3 tasi qolgan, ularning ham II-IV lari rudimentlashib bormoqda. III  

kaft suyagi juda ham yaxshi rivojlangan. 

 

Barmoq  suyaklari  –  ossa  digitorium  har  qaysi  barmoqda  uch  bo’g’imdan 

iborat  bo’ladi.  Birinchi  barmoq  suyagi  tushoq,  ikkinchisi  yumaloq  va  uchinchisi 

tuyoqsimon suyak deyiladi. 

 

Tos kamari ikkita nomsiz suyakdan tuzilgan tos (chanoq) – pelvis  suyagidan 

iborat  bo’ladi.  Tos  suyagining  har  qaysi  nomsiz  suyagi  uchta  suyakdan:  yonbosh, 

qov,  qo’ymich  suyaklaridan  iborat.  Nomsiz  suyaklar  bir–biri  bilan  qov  va 

qo’ymich suyagining o’rtasida birikadi. 

 

Yonbosh suyagi – os ilium keng qanot – ala ossis  ilia va tana – corpus ossis 

ilii  dan  iborat  bo’ladi.  Yonbosh  suyagining  ikkita:  tashqi,  ya’ni  sag’ri  -    facies 

glutaea va ichki, ya’ni tos yuzasi bor, yuzada sag’ri muskullari joylashadi. 

 

Qov  suyagi–  os  pubis  ning  ikkita  butog’i  bo’lib,  ularning  biri  ko’ndalang 

butoq, ikkinchisi chok butog’i deyiladi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

28

 




Download 370.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling