Итлар орасида суяк синишларини таркалиши ва уларни консерватив даволаш
Download 370.03 Kb. Pdf ko'rish
|
itlar orasida suyak sinishlarini tarqalishi va ularni konservativ davolash
Stelopodiy suyaklari – stylodium (stylo-tik (stolb); podos –oyoq) doimo bitta
suyakdan iborat bo’lib, kamar suyaklari bilan birikib turadi. Oldingi oyoqda bu zveno muskullar va teri bilan birgalikda yelka deb nomlanadi, shunga binoan shu zvenodagi suyakga yelka suyagi – os humerus s. vrachii deb nom berilgan. Keyingi oyoqdagi bu zveno muskullar, yumshoq to’qimalar va teri bilan birgalikda son deb nomlanadi, shunga binoan shu zvenodagi suyakga son suyagi – os femoris deb nomlanadi. Shunday qilib, stelopodiy suyaklari yelka va son suyaklariga tafovutlanadi.
naysimon suyakdan tarkib topgan, oldingi oyoqda bu zveno muskullar, yumshoq to’qimalar va teri bilan birgalikda bilak sohasi deb yuritiladi, u o’z navbatida bilak suyagi – os radi va tirsak suyagi – os ulna dan tarkib topgan, keyingi oyoqdagi zeygopodiy suyaklari muskullar, yumshoq to’qimalar va teri bilan birgalikda boldir PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 25 sohasi deb yuritiladi. U o’z navbatida katta boldir – os tibia va kichik boldir – os fibula dan tarkib topgan. Shuni ta’kidlash lozimki, qishloq xo’jalik hayvonlaridan ot, yirik va mayda shoxli hayvonlarda katta boldir suyagi yaxshi rivojlangan bo’lib, kichik boldir suyagi reduksiyaga (yuqolib ketish) uchragan.
Oyoq suyaklarini oxirgi zvenosi bo’lib, quruqlikda yuruvchi (to’rt oyoqli) hayvonlarda oldingi oyoqda kaft – manus, keyingi oyoqda oyoq kaft (sakrash bo’g’im suyaklari) – pes (pedes) deb nomlanadi. Avtopodiy suyaklari hayvon harakatida yerga bosib yurishi, suyaklarni ketma–ketligi, joylashishi va soniga ko’ra quyidagi bo’limlarga bo’linadi:
Avtopodiy suyaklarini birinchi (asosiy) qismi bazipodiy (basis – asos) suyaklari deb nomlanadi. Oldingi oyoqda bu bo’lim suyaklariga bilakuzuk suyaklari – ossa carpi mansub bo’lib, u suyaklar o’z navbatida ikki qator suyaklardan tarkib topgan, birinchi qatorda to’rtta, ikkinchi qatorda uchtadan beshtagacha bo’ladi, keyingi oyoqda bu bo’lim suyaklariga tovon suyak-lari – ossa tarsi mansub bo’lib, u suyaklar o’z navbatida uch qator suyaklardan tarkib topgan, birinchi qatorida ikkita suyakdan (tovon va oshiq), ikkinchi qatorida bitta, ba’zan ikkita (markaziy) suyakda va uchinchi qatorida uchtadan beshtagacha bo’ladi.
Avtopodiy suyaklarining ikkinchi qismi kaft deb nomlanadi va unga – metapodiy (mitapodeum – meta – o’rtangi) suyaklari deyiladi. Oldingi oyoqda bu suyaklarga kaft suyagi – ossa metacarpi, keyingi oyoqda – ossa metarasi deyiladi. Sut emizuvchi hayvonlarda bu qism suyaklarining soni turlicha, ya’ni bittadan beshtagacha bo’ladi.
Avtopodiy suyaklarining uchinchi qismiga akropodiy (acrapodeum – across – oxirgi, quyi) suyaklari deb nomlanadi, bu suyaklar tarkibiga barmoq suyaklari kiradi. Barmoq suyaklarining soni ham sut emizuvchi hayvonlarda turlicha bo’ladi. Jumladan, aksariyat holda bittadan beshtagacha, har bir barmoqda birinchi, ikkinchi va uchinchi falang (barmoq) suyaklari farqlanadi.
Oyoqning erkin harakat qiladigan suyaklarini dastlabki ikki zvenosi (stelopodiy va zeygopodiy) suyaklari tanani tik turishi (ushlashi) vazifasini bajarsa, PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
26 so’nggi zveno (avtopodiy) suyaklari esa bir nechta turlardan tarkib topgan bo’lib, hayvonlarning harakatida yerga tayanch vazifasini bajaradi.
Hayvonlar avtopodiy suyaklarini yerga bosishiga ko’ra, ularning harakat xillari quyidagicha farqlanadi:
Kaft bilan yuruvchilar – bunda avtopodiy suyaklarini barcha zvenolari yerga tegib harakat yuzaga keladi (maymunlar, ayiqlar).
Barmoq bilan yuruvchilar – bunda avtopodiy suyaklarini akrapodiy (barmoq) suyaklari yerga tegib harakat sodir bo’ladi (yirtqichlar, itlar, mushuklar).
Tuyoq bilan yuruvchilar – bunda avtopodiy suyaklarini akrapodiy bo’limidagi uchinchi falang suyagi, ya’ni tuyoq (tuyoqcha) suyagi bilan yuruvchi hayvonlarga mansub bo’ladi. Bu hayvonlarga tuyoqli hayvonlar misol bo’lib ular ayri tuyoqli (juft) va bir tuyoqli hayvonlarga tafoutlanadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, oyoq suyaklari o’zlarining tuzilishiga binoan turlicha o’zgarishlarga ega.
Oldingi oyoqlar kamari uy hayvonlarida bitta kurak suyagidan iborat bo’lib, qolganlari (o’mrov suyaklari, korakoid suyaklar) yo’qolib ketgan. Oldingi oyoqlarning erkin suyaklariga yelka, tirsak, bilak, bilak uzuk, kaft va barmoq suyaklari kiradi.
Download 370.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling