Iv bob. Iqtisodiy sohani ma'muriy-huquqiy tartibga solish
Download 43.66 Kb.
|
Berdaq aga
1-jadval
(foiz hisobida)
Davlat soliq xizmati organlari o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni davlatning boshqa boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliqlar ¹O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi rasmiy veb-sayti ma'lumotlaridan. 139 organlariga ko'maklashishlari shart'. bo'yicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashda davlat soliq xizmati Mamlakatning markazlashgan pul mablag'larini (Davlat budjeti nazarda tutilmoqda) shakllantirishda O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining ham salmoqli o'rni borligiga urg'u berish kerak. Davlat bojxona qo'mitasining budjetga tushumlarni ta'minlash bilan bir qatordagi yana bir muhim vazifalaridan biri bu mamlakat iqtisodiy xavfsizligini amalga oshirishidir. Davlat bojxona tizimi yordamida O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib oʻtish, bojxona toʻlovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarining oldini olish, aniqlash va ularga chek qo'yish tartibini belgilash bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi?. Bojxona organlarinin asosiy vazifalari quyidagilar- dan iborat: - jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish; - o'z vakolati doirasida O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash; bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish; - bojxona to'lovlarini undirish; - bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun hujjatlari buzilishlarining, shu jumladan, kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo'yish; tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini o'tkazishda valyuta to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etish; 1 1 O'zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi 474-1-sonli Qonuni // O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda. 2 O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2016-yil, 3(1)-son, 31-modda. 140 tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini - fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuk- yuritish; saltirish; xavini boshqarish tizimi qo'llanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish; - bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommuni- katsiya texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qo'llash; bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash. Bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar maqomiga ega. Bojxona organlari o'z zimmasiga yuklatilgan vazi- falarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega: bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ma'lumotlar va hujjatlarni tekshirish, og'zaki so'rov o'tkazish, axborot olish, bojxona ko'zdan kechiruvini, bojxona ko'rigini va shaxsiy ko'rikni o'tkazish, shuningdek binolar, hududlar va transport vositalarini ko'zdan kechirish; tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan so'ng jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning to'g'riligini hamda ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratini amalga oshirish; - banklardan, moliya organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlar va hujjatlarni so'rash va olish; bojxona nazoratini o'tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namunalar va nusxalar olish; bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo'lgan tovarlar va boshqa qimmatliklarni ushlab turish hamda olib qo'yish; 141 - tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish va tezkor huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ma'muriy yo'l bilan qidiruv faoliyatini amalga oshirish; ushlab turishni amalga oshirish; foydalanish; - maxsus ruxsatnomalar va litsenziyalar berish; bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommu- nikatsiya texnologiyalari va nazoratning texnik vositalaridan bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida mutaxassis yoki ekspertni jalb etish; bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha Davlat moliyaviy faoliyatini ma'muriy-huquqiy tartibga solish yo'nalishidagi yuqorida tahlil qilingan uchala organlarning har biri davlat mexanizmi tizimida o'ziga xos funksiyani amalga oshiradi. takliflar kiritish'. Xususan, soliq organlarining vazifasi ko'rsatilgan xizmat yoki ishlab chiqarilgan mahsulotdan tegishli tartibda Davlat budjetiga soliq undirish bilan shug'ullansa, bojxona organlarining vazifasi ichki bozorni kontrabanda va sifatsiz mahsulotlardan himoyalash hamda tovar va transport vositalarining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishida bojxona to'lovlarini undirish bilan shug'ullanadi. Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi hududi orqali har kuni xorijiy davlatlarning minglab yuk va yengil avtomashinalari o'tadi. boshqacha qilib aytganda, mamlakatning transport infratuzilmasidan foydalanadi. Buning uchun esa ma'lum miqdordagi majburiy to'lovlar amalga oshirilishi jahon amaliyotida keng uchraydigan holatdir. Moliya organlari esa mamlakat hududidagi soliq va boshqa majburiy to'lovlar sifatida to'langan pul mablag'larining konsolidatsiyasini ta'minlab, aholini ijtimoiy va iqtisodiy qo'llab quvvatlashga, kapital qo'yilmalar soni va sifatini oshirishga hamda davlat tuzilmalarini moddiy qo'llab-quvvatlashga qonunlarda belgilangan muddatlar va hajmlarda ajratish bilan bog'liq bo'lgan ma'muriy boshqaruvni amalga oshiradi. 1 O'zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrdagi «Davlat bojxona xizmati to'g'risida»gi O'RQ-502-son Qonuni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.10.2018-y., 03/18/502/2068-son. 142 Download 43.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling