4.5–rasm. Gruntga qatlamlar bo’yicha ishlov berishda buldozerning ishchi sikllari
a — qazishning boshlanishi; b — qazish; v — uyurma prizmasining shali;
g —gruntni transportirovka qilish; d,e,j— otvalni bo’shatish variantlari; z,i — buldozerni oldinga va orqaga yurishi bilan dastlabki holatga qaytishi.
Mashinaning ilgarilanma harakati natijasida grunt kesiladi va otval bo’ylab yuqoriga hamda otval qiyaligi bo’ylab harakatga keladi (4.5–rasm).
Grunt otval oldida yig’iladi 3 (4.5–rasm, v) va u uyurma prizmasi deyiladi. Uyurma prizmasi otval 2 va yon tomondagi jag’lar 1 orqali chegaralanadi. Grunt uyumi otval yuqori qismidan ortganda yoki qattiq gruntlarga ishlov berishda buldozer quvvati yetmay qolganda, otval pichog’i kesilayotgan grunt balandligiga ko’tariladi va buldozer transport tezligi ga o’tib, gruntni kerakli joyga suradi.
Gruntni to’kish va yoyishda otval qo’shimcha ravishda ko’tariladi. Buldozer yana dastlabki holatga kaytadi (4.5– rasmlar, a–i). Buriluvchan otvalli buldozerlar tekislash (4.6–rasm, a) yoki tozalash ishlarini bajarishida otval bir tomonga buriladi. Bunda otval oldidagi grunt vintsimon traektoriya bo’ylab bir tomonga suriladi (4.6–rasm, b). Grunt bilan ishchi qismning ana shunday o’zaro ta’siri qiyshiq kesish deyiladi va bu, o’z navbatida qo’shimcha qarshilikni yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |