Iv-bob yer qazish mashinalari


Download 1.61 Mb.
bet9/16
Sana20.12.2022
Hajmi1.61 Mb.
#1035954
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
4,5-MAVZU

4.9–rasm. Avtogreyderning umumiy ko’rinishi
a-avtogreyderning kinematik ko’rinishi; b-umumiy ko’rinishi; 1– balansir; 2— asosiy rama; 3— yumshatgich; 4— otval; 5—kuch ramasi;
6 —buldozer otvali; 7—kuch ramasini siljituvchi gidro­silindr;
8— ishchi qismni ko’taruvchi mexanizm.
Motor osti ramasiga dvigatel transmissiya agregatlari, boshqarish mexanizmlari va kabina o’rnatiladi. Asosiy ramaning oldingi qismi oldingi ko’prikka sharnirli, orqa qismi esa ikkita alohida ko’prikka o’rnatilgan balansirli aravaga tayanadi. Bu esa g’ildiraklarning notekislikka mos ravishda holatini o’zgartirishga imkon beradi. Oldingi qismida asosiy rama ostiga tortuvchi kuch ramasi 5 o’rnatilib, uning orka qismi asosiy rama bilan buldozer otvali 6 ni ko’taruvchi va tortish ramasi 7 ni chiqaruvchi mexanizmlar orqali bog’langan.

4.4. Ekskavatorlar, ularning ish va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlash


Gruntni massivdan kesib olib, uni ishchi qism yetadigan zonadagi otval yoki transport, vositasiga yetqazib beruvchi mashinaga ekskavator deyiladi. Ekskavatorlar bir yoki bir necha cho’michli bo’ladi. Bir dona cho’mich bilan jihozlanganlari bir cho’michli va bir necha cho’mich bilan jihozlanganlari ko’p cho’michli ekskava­torlar deb ataladi.
Bir cho’michli ekskavatorlar. Bir cho’michli ekskavatorlarning ish jarayoni birin–ketin amalga oshiriladigan quyidagi jarayonlardan iborat: gruntni massivdan ajratish; cho’michni to’ldirish; cho’michdagi gruntni tushirish joyiga eltish; gruntni cho’michdan tushirish va ishchi qismning dastlabki holatga qaytarish. Bu operatsiyalarning yig’indisi ekskavatorning bir ish siklini tashkil qiladi. Shu­ning uchun ham bir cho’michli ekskavatorlar davriy harakat qiluvchi mashinalar turiga kiradi.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling