Iv-bob yer qazish mashinalari


Download 1.61 Mb.
bet12/16
Sana20.12.2022
Hajmi1.61 Mb.
#1035954
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4,5-MAVZU

4.15–rasm. Draglayn
1–rolik; 2– ko’tarish chig’iri barabani; 3– kuch chig’iri barabani; 4– ko’tarish arqoni; 5–strela; 6– blok; 7–cho’mich; 8– kuch arqoni; 9 –zanjir; 10– tushirish arqoni; 11–blok; 12– kashak; 13–zanjir.
Dastlabki chuqur AVSD ko’ndalang kesimining shakli (buruvchi–qaytma harakatdagi markazdan qochma kuchlarni hisobga olganda esa A'V'S'D). Cho’mich tushuvchi va chiquvchi qiyaliklar o’rtacha 45° va 30° ga, shuningdek, dastlabki chuqur tubining uzunligi esa cho’mich uzunligiga teng bo’lishi kerak. Dastlabki chuqur hosil qilingandan so’ng ekskavator yangi joyga, ya’ni A'V"S"D" kontur bilan belgilanuvchi masofaga siljiydi. Bu sikl talab qilingan chuqurlik N ga yetguncha davom etadi. Qazish­ning chegaraviy chuqurligi Ntvx va radiusi Rmax strela uzun­ligi va chiqish qiyaligining burchagi bilan chegaralanadi. Cho’michdagi gruntni to’g’ridan–to’g’ri transport vositasiga yuklashda draglaynning ish unumdorligi sezilarli darajada pasayadi, chunki cho’michni transport vositasiga bo’shatish uchun ekskavator burilish platformasini to’liq to’xtatish kerak.
Greyfer. Greyferni ishchi qismi chuqur transheyalar qazishda, xovuz va kanallarni tozalashda, shuningdek, sochiluvchan materiallarni yuklashda qo’llaniladi. Arqon bilan boshqariladigan greyferni ishchi qismida (4.16–rasm, a) draglayn strelasi 3, ushlab turuvchi 4 va berkituvchi 5 po’lat arqonga osilgan jag’li cho’mich 6 dan foydalaniladi. Strelani burishda arqonlar o’ralib qolmasligi va cho’michni chayqalmasligi uchun tortib turuvchi arqon 7 qo’llanilgan. Arqon 7 ning ikkinchi uchi egiluvchi strela 3 ga o’rnatilgan bloklar 2 dan o’tkazilib yuk 1 osiladi.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling