Iv-bob yer qazish mashinalari
–rasm. Greyferli ishchi qismining konstruktiv sxemasi
Download 1.61 Mb.
|
4,5-MAVZU
4.16–rasm. Greyferli ishchi qismining konstruktiv sxemasi
a-umumiy ko’rinishi va ishchi qismi; b-ishchi qismi kinematik sxemasi. Cho’mich pastki kallagi 11 bilan sharnirli birlashtirilgan ikkita jag’ 12 dan iborat. Cho’mich tortqi 9 orqali yuqorigi kallak 8 ga osilgan. Ushlab turuvchi polispast yuqorigi kallakka, pastki polispast 10 ning oboymalari mos ravishda pastki va yuqorigi kallakka mahkamlangan. Greyfer cho’michi jag’larini ochiq holda ushlab turuvchi arqon bo’shatiladi va gruntga tushiriladi hamda pastki arqon bilan tortiladi. Tortishda dastlab cho’mich jag’lari gruntga botgan holda bir–biriga yakinlashadi. Natijada cho’mich gruntga to’ladi va yuqoriga ko’tariladi. Cho’mich yuqoriga ko’tarilgan holatda ekskavator buriladi va arqonlar yordamida jag’lar ochilib grunt tushiriladi. Keyingi ish siklini boshlash uchun bir vaqtning o’zida greyfer pastga tushiriladi hamda strela buriladi. Gidravlik variantda greyferli ishchi qism teskari cho’mich dastasi 13 ga ikkita silindrik sharnir 14 va 15 orqali osiladi. Platformaning burilishida greyferning chayqalishiga imkoniyat tug’diruvchi inersiya kuchlarini so’ndirish uchun sharnir panjaralarida Friksion disklar o’rnatiladi. Vertikal o’qqa nisbatan greyfer cho’michi buriluvchi yoki burilmaydigan bo’lishi mumkin. Buriluvchi cho’mich kovlashda va yuklash–tushirish ishlarida manyovrchanligi yaxshi bo’lgani sababli ko’p qo’llaniladi. Buruvchi qism shtanga 16 va bog’lovchi sharnirlar 18 dan iborat. SHtanga ichida gidrosilindr 17 joylashgan bo’lib, uning korpus bilan shtogi esa traversa 8 bilan bog’langan. Traversa, uz navbatida, cho’mich jag’lar bilan tortqi 9 orqali bog’langan. Gidrosilindrning ishchi (chiqarilgan) holati cho’michni berk 1, transport (kirgizilgan) holati II esa cho’michni ochiq turishiga to’g’ri keladi. Arqonli greyferlarda cho’mich og’irlik kuchining bir qismigina gruntga ishlov berishga sarflanadi. Cho’mich jag’larini bir–biriga past tezlikda yaqinlashuvi talab qilinadi, aks holda cho’mich gruntga to’lmaydi. Bu xol greyferning ish unumdorligini pasaytiradi. Gidravlik greyferlarda esa gidrosilindrning bosim kuchi cho’mich jag’lariga beriladi, bu ish unumdorligini ko’taradi va qattiq gruntlarga ishlov berishga yordam beradi. Yuklagichlar. Gidravlik ekskavatorlar maydalangan va sochiluvchan materiallarni yuklashda samarali qo’llaniladi. Ekskavator quvvatidan to’liq foydalanish maqsadida yuklash ishlarida hajmi katta bo’lgan cho’michlardan foydalaniladi. Yuklanadigan material turiga ko’ra turli xil ishchi qismlardan foydalanish mumkin. Ish harakteriga ko’ra, yuklagich deb ataladigan ishchi qism sxemasi (4.17–rasm) ham o’zgaradi. Yuklagich ishchi sxemasi quyidagicha bo’ladi. Teskari cho’mich strelasi 1 ga osgich 9 yordamida cho’mich 7 dasta 3 va tortqi 4 lar orqali o’rnatiladi. Dasta, tortqi 6, strela va osgich sharnirli parallelogrammni hosil qiladi. Cho’mich osgich bilan sharnirli mahkamlangan va vertikal tekislikda cho’mich osgichga nisbatan harakatlanadi. Ishchi harakat quyidagi to’rtta gidrosilindrlar bilan amalga oshiriladi. Strela gidrosilindri 10 korpus burilish platformasiga sharnirli birikkan. Ikki dona gidrosilindr 2 dastani, gidrosilindr 5 esa cho’michni buradi. Gidrosilindr 5 cho’mich tishlarini yuqoriga qilib buradi; Gidrosilindr 10 va 2 yordamida ishchi qism ko’tariladi va oldinga chiqariladi. Bu harakatlar burilish boshlanishidan oldin boshlanadi va cho’michni bo’shatishdan oldin tugaldanadi. Cho’mich dastlabki holatga yuqoridagi harakatlarni teskari tartibda bajarish orqali qaytariladi. Cho’mich tortqi 6, cho’mich osmasi 9 bilan richag 8 orqali bog’langan. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling