Iv-bob yer qazish mashinalari
–rasm. Bir cho’michli ekskavatorning baza qismi va uning almashinuvchi ishchi qismlari
Download 1.61 Mb.
|
4,5-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.11–rasm. To’g’ri cho’michli ekskavator bilan gruntga ishlov berish sxemasi
4.10–rasm. Bir cho’michli ekskavatorning baza qismi va uning almashinuvchi ishchi qismlari
1–kabina; 2–burilish platformasi; 3–tayanch burilish qurilmasi; 4–yurish qismi; 5— pastki rama; 6— muvozanatlovchi yuk; 7— kuch qurilmasi; 8— ekskavator sathidan balanddagi grunt; 9– ekskavator sathidan pastdagi grunt; 10–greyfer; 11— tekislagich; 12–draglayn Bir cho’michli ekskavatorlar vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: qurilish ekskavatorlari – yer ishlarini hamda sochiluvchi materyallarni yuklash–tushirish ishlarini bajarishda ishlatiladi; qurilish—karer ekskavatorlari – qurilish ekskavatorlari ishini bajaradi hamda ochiq holda qurilish materiallari va foydali qazilmalar qazib olishda foydalaniladi; karer ekskavatorlari — karerdagi ishlarni bajarishda qo’llaniladi; ochuvchi ekskavatorlar — gruntning yuqori qismini oladi va karerni yuza qismini ochishda ishlatiladi; tunnel va shaxta ekskavatorlari — yer osti inshootlari qurilishida hamda foydali qazilmalar qazishda ishlatiladi. Bir cho’michli ekskavatorlar to’g’ri va teskari cho’michli ishchi qismlar yordamida o’zidan balanddagi 8 (4.10–rasm ) va pastdagi 9 gruntga ishlov berishi mumkin. Ekskavatorning ishlash doirasini kengaytirish maqsadida qo’shimcha ishchi qurilmalardan foydalaniladi. Ekskavatorlarga jami 40 turdagi almashinuvchi ishchi qismlar o’rnatish mumkin. Bir cho’michli ekskavatorlar ishchi qismi bajaradigan ishiga ko’ra faqatgina bitta cho’michdan yoki komplekt ishchi qismlardan iborat bo’lishi mumkin. Birinchi holatdagi ekskavatorlar maxsus, ikkinchi holatdagi esa universal bo’ladi. Hozirgi vaqtda 90% bir cho’michli ekskavatorlar universal hisoblanadi. Bir cho’michli ekskavatorlar ishchi qurilmalari ijrosi bo’yicha ham farqlanadi. Ular mashina bazasi bilan va o’zaro sharnirli yoki po’lat arqonlar bilan bikr bog’langan bo’lishi mumkin. Odatda gidravlik ekskavatorlarni ishchi qurilmalari sharnirlar orqali qismlarga bo’lingan bo’ladi. Bir cho’michli ekskavatorlar qurilish maydoni chegarasida harakatlanuvchi o’ziyurar variantda ham ishlab chiqariladi. Ekskavatorlarni manyovrchanligini oshirish uchun pnevmog’ildirakli va avtomobil yoki traktor shassisiga o’rnatilgan holda ishlab chiqariladi. Karer ekskavatorlari faqatgina gusenitsali yurish qismi bilan ishlab chiqariladi. Buriluvchi qismga ko’ra ekskavatorlar to’la buriluvchi va qisman buriluvchi turlarga bo’linadi. Faqatgina pnevmog’ildirakli traktorlar bazasidagi ekskavatorlar qisman buriladi, barcha gusenitsali ekskavatorlar esa to’liq buriladi. O’rnatilgan dvigatellar soniga ko’ra ekskavatorlar bir motorli va ko’p motorli bo’lishi mumkin. Ko’p motorli ekskavatorlar asosan karerlarda ishlatiladi. Bir cho’michli ekskavatorlarning eng asosiy ko’rsatkichi cho’mich sig’imi bo’lib, u mashinani ish unumdorligini belgilaydi. Ekskavatorlar cho’mich hajmi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’lingan. 2.1-jadval
Bir cho’michli ekskavatorlar EO harfi bilan belgilanadi, ya’ni EO–ekskavator universal, bir cho’michli. Sungra 4 ta raqam yoziladi va ular ekskavatorning o’lcham guruhini, yurish qurilmasi turini, shu turdagi modelning tartib raqami hamda ijrosini bildiradi. Ekskavatorni yurish qurilmasini belgilash uchun quyidagilar qabul qilingan: 1—gusenitsali; 2—tayanch yuzasi kengaygan gusenitsali; 3—pnevmog’ildirakli; 4—avtomobil tipdagi maxsus shassi; 5—yuk avtomobili shassisi; 6— traktor bazasida va hokazo. Ishchi qismni konstruktiv ijrosi bo’yicha: 1—po’lat arqonli ishchi qism; 2—po’lat arqonli ishchi qism qattiq mahkamlangan; 3—shuni o’zi teleskopik strela bilan. Misol uchun EO—4123, ekskavator bir cho’michli, universal; 4–cho’mich hajmi, m3; 1–yurish qismi gusenitsali; 2– qattiq gidravlik osqichli; 3—model. Raqamlardan keyingi harflar A, B, V va xokazo mashinaning modernizatsiyasini va maxsus iqlim belgisini bildiradi. (XJI—shimoliy, T—tropik, TV—tropik nam). Ishchi qurilma qanday bo’lishidan qatiy nazar, pnevmog’ildirakli ekskavatorlardan tashqari barcha bir cho’michli ekskavatorlarning baza qismlarining tuzilishi bir xil. Ular ostki rama 5 (4.6–rasm), yurish qismi 4, burilish platformasi 2, kabina 1, kuch qurilmasi 7 va posangi 6 dan iborat. Burilish platformasi pastki ramaga tayanadi va tayanch burilish qurilmasi 3 orqali 360° ga burila oladi. To’g’ri cho’michli ekskavator. Yuqorida aytib o’tilgandek, to’g’ri cho’michli ekskavator o’zi turgan sathdan yuqorida gruntga ishlov berishda foydalaniladi (4.11–rasm). Ulardagi cho’mich hajmi turlicha bo’ladi. Masalan, po’lat arqonlilarda – 3,2 m3 gacha, gidravliklarda — 16 m3 gacha va karerda ishlovchilarda esa 20 m3 gacha bo’ladi. 4.11–rasm. To’g’ri cho’michli ekskavator bilan gruntga ishlov berish sxemasi a-umumiy ko’rinish; b-kinematik sxemasi. Ekskavatorning ishchi qismlari strela, dasta va cho’michdan iborat. Po’lat arqonli ekskavatorlar strelasi pastki qism burilish platformasi 1 oldingi qismi bilan silindrik sharnir yordamida birlashgan bo’ladi. Yuqori qism 4 esa po’lat arqon orqali ko’taruvchi chig’ir 2 va 3 bilan qo’shilgan. Bu chig’ir yordamida strela bilan tayanch yuza orasidagi burchakni 45...600 ga o’zgartirishi mumkin. Yurish mexanizmi faqatgina ekskavator ish joyini o’zgartirayotganda ishga tushadi. Bir motorli ekskavatorlarda Harakat ishchi mexanizmlarga tishli va zanjirli uzatmalar orqali uzatiladi. Alohida kinematik zanjirlarni ishga tushirish uchun Friksion va kulachokli muftalardan foydalaniladi. Masalan, diskli Friksion mufta 22 dizel 21 ga bosh uzatmani ulaydi. Bosh uzatma esa harakatni zanjirli uzatma 23 orqali tishli uzatmalar 24, 27, 35 majmuasiga uzatadi. Cho’michning ko’tarish mexanizmi barabani 39 ni va bosh mexanizmning zanjirli uzatmasi 38 ni ulash uchun mos ravishda tasmali Friksion muftalar 41 va 36 qo’llaniladi. Cho’michni kerakli balandlikda va berilgan quloch uzunligida ushlab Turish uchun to’xtatgichlar 37 va 40 dan foydalaniladi. Mufta 36 uzilganda dastani qaytarish uchun dastlab ikki tomonlama kulachokli mufta 31 orqali zanjirli uzatma 30 ulanadi, so’ngra konusli Friksion mufta 28 orqali val 29 bosh uzatmaga qo’shiladi. Xuddi shu mufta bilan strelani ko’taruvchi baraban 32 qo’shiladi. Strelani berilgan holatda ushlab turish uchun to’xtatgich 33 dan foydalaniladi, uni tushirish esa baraban 32 bo’shatilganda va bosh uzatma ishlayotgan vaqtda gravitatsion kuch hisobiga amalga oshiriladi. Baraban 32 ning aylanishlar chastotasi strelani tushishini baraban bilan zanjirli uzatma 34 orqali bog’langan quvib o’tuvchi mufta 42 orqali chegaralanadi. Markaziy gupchak 11 ga nisbatan platformani aylantirish tishli gardish 10 ga ilashgan shesternya 12 orqali amalga oshiriladi. Buning uchun kulachokli mufta 19 va platforma harakati yo’nalishiga mos ravishda konusli Friksion muftalardan 25 yoki 26 dan biri ilashadi. Cho’michni bo’shatishda platforma kichik tezliklarda buriladi. Bunda tishli uzatmalar blokidagi shesternyalar 15, 16 yuqori holatga o’tkaziladi va tishli g’ildiraklar 16 va 17 o’zaro ilashadi. Cho’mich bo’shatilgandan so’ng tishli g’ildiraklar 14 va 15 ni ilashuvi bilan platforma dastlabki holatga nisbatan katta tezlikda buriladi. To’xtatish rejimida ishlash uchun to’xtatgich 18 dan foydalaniladi. Yurish qismi kulachokli mufta 20 hamda harakat yo’nalishiga mos ravishda muftalar 25 va 26 dan birining ilashishi bilan oldinga yoki orqaga yuradi. Ilgari aytib o’tilgandek, tishli g’ildiraklar 15 va 16 bloki orqali tezlik chegaralanadi. To’g’ri chiziqli tekis harakatda ikkala kulachokli mufta va 6 val 5 ga ulanadi va bu bilan zanjirli uzatmalar 2 va 7 orqali gusenitsa zanjirlari 1 va 8 harakatga keladi. Harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun ikkala kulachokli muftalar 3 va 6 dan biri uzilib, harakat gusenitsa telejkalari yulduzchalaridan biriga uzatiladi. Natijada ekskavator buriladi. Yurish mexanizmi to’xtatgich 4 va to’xtatib turish qurilmasi 9 bilan jihozlangan. Ko’p motorli ekskavatorlarda esa har bir mexanizm uchun alohida (4.13–rasm b,d) dvigatel qo’llaniladi. Bunda barcha elektrodvigatellar reversiv bo’lganligi uchun mexanik revers qo’llanilmaydi. To’g’ri cho’michli gidravlik ekskavatorlar. Gidravlik to’liq buriluvchan to’g’ri cho’michli ekskavatorning ishchi qurilmalari (4.12–rasm) o’zaro va pilon 2 orqali burilish platformasi 1 bilan sharnirli bog’langan. Strela 3 ning platforma 1 ga, shuningdek, dasta 4 ning strelaga nisbatan holati gidrosilindrlar 10 va 9 orqali sozlanadi. Cho’mich 5 ni dasta bilan biriktirilishi ikki xil variantda bo’lishi mumkin: sharnirlar va tortqi 7 yordamida bikr va sharnirli (4.12–rasm, a,b). Birinchi variantda gidrosilindr 8 yordamida cho’mich tubi 6 ochiladi va u bo’shatiladi, ikkinchi variantda esa cho’mich gidrosilindr 8 yordamida buriladi. Buriluvchi cho’mich ishining samaradorligi ancha yuqori. Gidravlik ekskavatorlarning ishchi sikli po’lat arqonli ekskavatorlar bilan bir xil bo’lib, ish harakati ancha oddiy — dastani burish bilan cho’mich ko’tariladi va strelani tushirish bilan esa cho’mich bosim bilan gruntga tiraladi. Platforma burilishi gidromotor orqali bajariladi. Gusenitsali yurgizish qurilmasi har bir gusenitsa uchun alohida yuritmaga ega bo’lib, ekskavatorning burilishida ikkala yuritmadan biri uziladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling