Iv-bob yer qazish mashinalari
–rasm. To’g’ri cho’michli gidravlik ekskavator
Download 1.61 Mb.
|
4,5-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.13–rasm. Teskari cho’michli po’lat arqonli ekskavator
- 4.14–rasm. Gidravlik teskari cho’michli ekskavator
4.12–rasm. To’g’ri cho’michli gidravlik ekskavator
a — gidravlik to’g’ri cho’michli (burilmaydigan) ekskavator kinematik sxemasi; b- gidravlik to’g’ri cho’michli ekskavator umumiy ko'rinishi. 1– burilish platformasi; 2– pilon; 3– strela; 4–dasta; 5–cho’mich; 6– cho’mich tubi; 7– tortqi; 8– gidrosilindr; 9–gidrosilindr; 10–gidrosilindr. Ishchi qurilmalar gidrosilindrlari va burilish hamda yurish mexanizmlarining gidromotorlari ish suyuqligini ichki yonuv dvigatelidan harakat oluvchi nasos orqali oladi. Gidravlik tizim tarkibiga moy baki, taqsimlagich sozlovchi va nazorat qiluvchi apparatlar hamda moy nasosi kiradi. To’g’ri cho’michli ekskavatorlardan foydalanish imkoniyatlarini baholashda ish unumdorligi, cho’mich tishlaridagi maksimal kuchlanish bilan birga qazishning maksimal radiusi Rmax va balandligi Ntax, qazishning mini– mal radiusi Rmin , cho’michdagi gruntni bo’shatishning maksimal radiusi Rbo’sh.max va balandligi Nbo’sh.max hisobga olinadi (4.13–rasm). Radiuslar ekskavatorning aylanish o’qidan, balandlik esa u turgan tekislikdan belgilanadi. Qazishning maksimal balandligi, cho’mich yetib borishi mumkin bo’lgan balandlikdan, tushirishning maksimal balandligi esa ekskavator bilan yonma–yon ishlayotgan transport vositasi balandligidan kelib chiqib hisoblanadi. Teskari cho’michli ekskavator. Teskari cho’mich bilan jihozlangan bir cho’michli ekskavatorlar o’zi turgan sathdan pastdagi gruntni ishlashga mo’ljallangan. Teskari cho’mich strela, dasta va cho’michdan iborat. Dasta 5 (4.14–rasm) strela 9 ning bir uchi bilan sharnirli mahkamlangan, cho’mich 6 esa dastaning oxiriga mahkamlangan. 4.13–rasm. Teskari cho’michli po’lat arqonli ekskavator 1– baraban; 2–kuch chig’iri; 3–qo’shimcha tutgich; 4– ko’tarish polispasta; 5–dasta; 6– cho’mich; 7– kuch polispasta; 8– blok; 9– strela Cho’michning old tomonidagi tishlardan tashqari yon tomonlarida ham tishlari bo’lib, bu transheya qaziyotganda cho’michni tiqilib qolishidan saqlaydi. Cho’michning hajmi arqonli ekskavatorlarda 1,4 m3 va gidravlik yuritmalilarda 2 m3 bo’ladi. Cho’michning ish harakati kuch 7 va ko’tarish 4 polispastlarining uzunligini o’zgartirish bilan ta’minlanadi. Polispast po’lat arqon va bloklardan iborat bo’lib, bir tomoni dasta 5 ga ikkinchi tomoni esa arqonni streladan ajratib turishga xizmat qiluvchi qo’shimcha tutgich 3 ga o’rnatilgan. Tutgichning pastki qismi burilish platformasiga sharnirli, yuqori qismi esa arqon orqali ikki oyoqli tutgichga bog’langan. Ko’taruvchi po’lat arqon ko’tarish chig’iri barabani 1 ga o’raladi, kuch arqoni esa streladagi blok 8 orqali kuch chig’iri barabani 2 ga o’raladi. Teskari cho’michning ish sikli quyidagicha. Cho’mich I holatga tushiriladi. Kuch arqoni tortiladi va ko’tarish arqoni qo’yib yuboriladi. Natijada cho’mich ko’tariladi va to’ladi (II holat). Cho’mich ekskavator turgan tekislik sathiga yetganda ko’tarish polispasta yordamida yuqoriga ko’tariladi (III holat). Xuddi shu holatda platforma cho’michni bo’shatish uchun buriladi (IV holat). Cho’mich dastlabki holatga qaytishida ham buriladi ham pastga tushadi. Asosiy ishchi o’lchamlar Rmax , Rmin. va Nmax , Nmin bo’lib ular cho’mich harakat qiluvchi AVSD kontur chegarasida bo’ladi. Teskari cho’michli gidravlik ekskavatorlarning asosiy ishchi qismi to’rtinchi o’lcham guruhidagi teskari cho’michdir. Uning strelasi ikki asosiy 2 (4.14–rasm) va uzaytiruvchi 4 seksiyadan iborat bo’lib, ular o’zaro sharnirli va tortqi 3 yordamida mahkamlangan. Strelaning uzunligini o’zgartirish maqsadida tortqi I, II, III teshiklarga mahkamlanishi mumkin. Dasta 6 strela va cho’mich 10 bilan sharnirli bog’langan. 4.14–rasm. Gidravlik teskari cho’michli ekskavator a–gidravlik teskari cho’michli ekskavator sxemasi; b — almashinuvchi ishchi jihozlar; 1– gidrosilindr; 2– seksiya; 3– tortqi; 4– uzaytiruvchi seksiya; 5–gidrosilindr; 6–dasta; 7–gidrotsiliidr; 8– koromislo; 9–tortqi; 10, 15— cho’mich turlari. Strela dasta va cho’michni burishni boshqarishda gidravlik silindrlar 1, 5 va 7 dan foydalaniladi. Cho’mich koromislo 8 va tortqi 9 lar orqali gidrosilindr 7 bilan boshqariladi. Ishlov berilayotgan gruntning xususiyatlariga ko’ra, gidravlik ekskavatorlar turli xil cho’michlar bilan jihozlanadi. Gidravlik teskari cho’michning ish sikli po’lat arqonli teskari cho’michning ish sikli bilan bir xil bo’lib, faqatgina gidravlik teskari cho’mich 1, 5 va 7 gidrosilindrlar orqali boshqarilishi bilan farq qiladi. Strela harakatidan cho’michni dastlabki holatga qo’yish va uni transport holatiga o’tqazishdagina foydalaniladi. Qazish esa asosan dasta harakati orqali amalga oshiriladi. Dasta va cho’michning harakati cho’michni bo’shatishga imkon yaratadi. Gidravlik teskari cho’michning arqonli teskari cho’michga nisbatan eng katta afzalligi cho’mich tishlarida yoki uning kesish qismida katta kuch hosil qilinishidadir. Bu esa cho’michning hajmini arqonli teskari cho’michga nisbatan o’rtacha 60% ga oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga bu gusenitsali yurish qismiga tushayotgan kuchni ko’paytiradi. Ana shundan kelib chiqib, gidravlik ekskavatorlarning yurish qismlari ishonchli va resursi katta bo’lgan materiallardan tayyorlanadi. Draglayn. Ishchi qismi draglayn bo’lgan ekskavatorlar o’z sathidan pastdagi gruntga ishlov berish uchun xizmat qiladi. Draglayn strelasining boshqa strelalarga nisbatan uzunligi tufayli, ular chuqur transheyalar, katta kotlovanlar qazishda, shuningdek, sochiluvchan materiallarni yuklashda qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda sanoatda cho’mich hajmi 0,3...3 m3 bo’lgan qurilish draglaynlari va cho’mich hajmi 5,5 m3 dan 10 m3 gacha bo’lgan odimlovchi draglaynlar ishlab chiqariladi. Draglaynning ishchi qurilmalari strela 5 (4.15–rasm), cho’mich 7, kuch 8 va ko’tarish 4 arqonlaridan iborat. Baraban 2 dagi ko’tarish arqoni bosh blok 6 dan aylanib o’tib, ko’tarish chig’irining barabani 3 ga o’raladi. Kuch arqoni rolikli qurilma 1 orqali kuch chig’iri baraban 3 ga o’raladi. Cho’mich kuch arqoniga zanjir 9 (4.11–rasm; b), ko’tarish arqoniga esa zanjir 13 bilan osiladi. Ko’tarish vaqtida zanjir 13 o’zaro almashinib qolmasligi uchun ular o’rtasiga kashak 12 qo’yiladi. Cho’michda tushiruvchi arqon o’rnatiladi va uning bir uchi cho’mich ortiga, ikkinchi uchi esa kuch zanjirini kuch arqoniga ulangan joyiga blok 11orqali ulanadi. Draglaynning ish sikli quyidagilardan iborat (4.15– rasm). Cho’mich gruntga tushiriladi (I, II, III holat), so’ngra kuch arqoni bilan ko’tarish arqonini salqilatib, cho’michni grunt yuzasida harakatlantiriladi (I holat). Cho’mich to’lgandan so’ng, kuch arqonini bo’shatmasdan ko’tarish orqali uni strelaga tortiladi (III holat). Burilish mexanizmi ishga tushiriladi va bir vaqtning o’zida cho’mich strelaning bosh tomoniga tortiladi. Bu jarayonning oxirida kuch arqoni bo’shatiladi va cho’mich ag’dariladi (IVholat). So’ngra draglayn birdaniga buriladi va pastga, dastlabki holatiga tushiriladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling