3-Mavzu: Transmissiya turlari va agregatlari konstruksiyasi Reja


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana24.10.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1719068
  1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu



3-Mavzu: Transmissiya turlari va agregatlari konstruksiyasi 
 
Reja: 
 
1. Avtomobil va traktorlarning transmissiyalari vazifasi va tasniflanishi. 
2. Transmissiyalarning turlari. 
3. Mexanik, 
gidromexanik, 
gidroxajmli, 
elektromexanik 
transmissiyalar 
konstruktsiyasi va ishlashi. 
4. Transmissiyalarning tarkibiy tuzilmalari va ularni taqqoslash. 
Transmissiyaning vazifasi va turlari 
Vazifasi: transmissiya dvigateldan yetaklovchi g„ildiraklarga burovchi 
momentni yo„nalishini, qiymatini o„zgartirib, uzatish va yetakchi g„ildiraklarga 
bo„lib berish uchun xizmat qiladi. 
Transmissiya 
dvigatel 
bilan 
yetakchi 
g„ildiraklar orasidagi 
bog„lanishga qarab quyidagi turlarga bo„linadi: 
 
mexanik; 
gidrohajmli
 elektr; 
 kombinatsiyalashgan (gidromexanik va elektromexanik). 
Mexanik kuch uzatma 
 
Avtomobil harakatlanganda unga ta‟sir etuvchi kuchlar har bir daqiqada 
uzluksiz va ixtiyriy ravishda o„zgarib turadi. Avvalambor, avtomobilga ta‟sir 
etayotgan kuchlarning o„zgarishi yo„l sharoitiga, uning tezligi va tezlanishiga 
bevosita bog„liq bo„lib, bularning vaziyatiga qarab avtomobilning yetaklochi 
g„ildiraklariga dvigateldan kelayotgan burovchi momentni o„zgartirib turish lozim 
bo„ladi. Bu vazifani bajarish uchun avtomobillarda kuch uzatmasi qo„llaniladi. 
Zamonaviy avtomobillarda asosan mexanik transmissiya qo„llanilib, ular 
avtomobillarning vazifasi va agregatlarning o„zaro joylashishiga qarab turli 
sxemalarda tayyorlanishi mumkin. 
Klassik sxemaga ega bo„lgan mexanik transmissiya 1-rasmda keltirilgan 
(Damas, VAZ 2101, 2107, Volga, Uzotayo„l va hokazo). 
Oldi g„ildiraklari yetaklovchi bo„lgan zamonaviy avtomobillarning 
transmissiyasining sxemasi 2-rasmda keltirilgan (Neksiya, Tiko, VAZ-2108 va 
hokazo). 
Burovchi moment dvigateldan I, ilashish muftasi II orqali, uzatmalar qutisi 
III ga uzatiladi. Uzatmalar qutisi burovchi momentning qiymati (ulangan 
pog„onaga mos ravishda) va yo„nalishi (orqaga harakat qilganda) o„zgaradi va 
kardan uzatmasi IV orqali asosiy uzatma V ga uzatiladi, asosiy uzatmada burovchi 
moment qiymati uning uzatishlar soniga mos ravishda oshadi va differentsiallda 


teng ikkiga bo„linib, yarim o„qlar VI orqali yetakchi g„ildiraklar VII ga uzatiladi 
105-rasm. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling