3-Mavzu: Transmissiya turlari va agregatlari konstruksiyasi Reja
Gidrohajmli va elektr kuch uzatmalar
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24- Rasm. Elektron transmissiyaning umumiy ko‘rinishi.
Gidrohajmli va elektr kuch uzatmalar
Gidrohajmli va elektr transmissiylarning printsipial sxemalari o„xshashdir. Elektrik transmissiyalarda ichki yonuv dvigateli generator 9 ni harakatga keltiradi 4, e-rasm generatordan chiqayotgan tok elektrodvigatel 10 ni harakatga keltiradi, o„z navbatida elektrodvigatel elektromotor g„ildirakni harakatga keltiradi. Gidrohajmli transmissiyada ichki yonuv dvigatelidan harakatga keltiriladigan nasos 9 gidromotor 10 bilan trubalar orqali ulangan va gidromotor 10 yetaklovchi g„ildiraklarni harakatga keltiradi. 24- Rasm. Elektron transmissiyaning umumiy ko‘rinishi. Avtomobil transmissiyasi burovchi (aylantiruvchi) momenti dvigateldan yetaklovchi g„ildiraklarga uzatish uchun xizmat qiladi. Bunda uzatilayotgan aylantiruvchi moment miqdor jihatidan o„zgaradi va belgilangan nisbatda yetaklovchi g„ildiraklar orasida taqsimlanadi. 108-rasmning b ko„rinishida ZAZ-968 “Zaparojes”, kuch uzatmasining tizmali chizmasi berilgan. Bunda kuch uzatma avtomobilning orqa qismida dvigatel 1 bilan birga bir blokda joylangan bo„lib, ularga ilashish muftasi 2, uzatmalar qutisi 3, yetakchi ko„prik 5 ning ichida joylashgan asosiy uzatma, differensial mexanizmi va yarim o„qlar kiradi. 108-rasmning c ko„rinishi VAZ-2108, 2109 “Jiguli” yoki Moskvich-2141 zamonaviy yengil avtomobillarga mansub bo„lib, bunda esa avtomobilning old qismida o„rnatilgan dvigate kuch uzatma bilan bir butun qilib yig„ilgan holda joylashtirilgan. Keltirilgan kuch uzatmalarning tizimli chizmasida uzatmalar qutisi va yetaklovchi ko„prik bir blokda joylashtirilganligi sababli, kardanli uzatma bo„lmaydi. Lekin, bunda yetaklovchi g„ildiraklarning tezliklari bir xil bo„lgan kardanli sharnir 6 li kardan uzatma xizmat qiladi. Agarda avtomobil asosan takomillashtirilmagan og„ir yo„l sharoitida harakatlanishga mo„ljallangan bo„lsa, yetakchi g„ildiraklar o„rnatilgan o„qlar soni ikkita, uchta va ba‟zan to„rtta ham bo„lishi mumkin. Bu holarda dvigatelning burovchi momenti yetakchi ko„prik g„ildiraklarining hammasiga yoki ketingi ikkita ko„prik g„ildiraklariga uzatiladi. Bunday avtomobillarda g„ildiraklar formulasi (4x4, 6x4, 6x6, 8x8) bo„lishi mumkin. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling