Iv bo’lim: Muomala madaniyati reja
Hamma davrlarda suhbat, muloqot inson muomalasining asosini tashkil qilgan. Suhbat –
Download 61.56 Kb.
|
ПЭЭ 4 мавзу маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovoz, ohang.
- Yoqimli ohang
Hamma davrlarda suhbat, muloqot inson muomalasining asosini tashkil qilgan. Suhbat – bu insonlar о‘rtasidagi fikrlar almanishuvi bо‘lib, u aqllilik va chiroyli sо‘zlashdan ibora bо‘la olmaydi. Ba’zi insonlar qanday qilib gap boshlashni bilishmaydi, gapirganda о‘zlarini yо‘qotib qо‘yadilar. Juda kо‘p keraksiz sо‘zlarni, ishlatadilar. Bugungi kunda ba’zi yoshlarimiz nutqidan mamnun emasmiz. Chunki ularning nutqi umuman yо‘q hisob, gaplari faqat jargon va xunuk sо‘zlardan iborat. Agar suhbatdoshingizning nutqi jargon sо‘zlar bilan tо‘lib, toshgan bо‘lsa, о‘zi qiynalib poyma-poy gapirsa, talaffuzi yaxshi bо‘lmasa, ohangi quloqqa yoqmasa, eng mazmundor suhbat ham о‘z qimmatini yо‘qotadi. Hamma vaqt aniq-ravshan, hovliqmasdan, muloyimlik va mayin ovoz bilan gapirishga harakat qilish kerak. Hovliqib aytilgan sо‘zni tushunish qiyin bо‘ladi, juda chо‘zib, sekin gapirish esa kishining sabr-kosasini tо‘lib toshiradi. Talaffuz etilgan har bir sо‘z, bо‘g‘in va ohang aniq va ravshan jaranglashi lozim. Juda nozlanib gapirish ham xunuk odat.
О‘z ona tilini hurmat qilgan inson uni buzilishiga yо‘l qо‘ymaydi. Horijiy sо‘zlarning aniq ma’nosini bilgan va ularni tо‘g‘ri talaffuz eta oladigan kishi, zarurat bо‘lsa, ularni о‘z nutqida ishlatishi mumkin. Ovoz, ohang.Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun sо‘z boyligi va sо‘zning grammatik qurilishi etarli emas, bu erda gaplashish ohangi va intonatsiya muhim rol о‘ynaydi. Sо‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni, hissiyotni aks ettiradi. Sо‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang ma’lum darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning tarbiyali yoki tarbiyasizligini kо‘rsatadi. Yurish-turish vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega bо‘lsa, sо‘zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega. Bitta sо‘z yoki iboraning о‘zi qanday qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga har xil ta’sir etishi mumkin. Kо‘pincha aytilgan sо‘z emas, balki haqoratomuz ohang kishini ranjitadi. Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og‘ir yoki engil kayfiyat uyg‘otasiz. Ifodalanayotgan sо‘zlarning ma’nosi umuman tinglovchilarga hech qanday ta’sir bermaydi. U suhbatdoshingizning javob berish imkoniyatini yaxshilash darjasida bо‘lsa bas. Haqiqiy ma’lumot sо‘z ohangizdadir. Asosiy xavf shundaki na siz va na sizning suhbatdoshingiz nishonga teguvchi bu bevosita ifodalanuvchi ma’lumotni onglangan tarzda ham onglanmagan tarzda ham tahlil qila olmaysiz. Har bir zamonaviy inson о‘z ohangini о‘zgartirish imkoniga ega. Avvalambor, haqqoniy eslashga harakat qiladigan bо‘lsangiz, qachondir siz о‘z ohangizga nisbatan maqtovlar eshitganmisiz yо‘qmi buni bilib olasiz. Agar ohangizning yaxshiligiga ishonchingiz komil bо‘lsa, unda ovozingizni tasmaga yozib olib, uni eshitib kо‘ring. Birinchi eshitishdayoq kо‘pchilik о‘z ohangini hayrat bilan tanib qolishadi. Yoqimli ohang – bunda biz ayollarni nazarda tutyapmiz – odatda nafis ohangdir, baland ham, past ham, tez ham sekin ham emas. Agar sizning ovozingiz boshqalarga yoqmasa, hayotingizdagi tutgan о‘rningizga ohangni mos kelmaganidan bо‘lishi mumkin. Ehtimol, siz gaplashayotganda charcharsiz. Boshqa nutqdagi qusurlar ham tо‘g‘irlansa bо‘ladi. Ammo chiroyli nutq uchun faqat ohangning nafisligi etmaydi. Dunyoqarashning boyligi nutqni yanada gо‘zallashtiradi. Zero, quruq sо‘zlardan iborat chiroyli nutq odamlarda sizga nisbatan bо‘lgan kinoyani uyg‘otadi. Download 61.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling