Iv. Foydalanilgan adabiyotlar II
Download 1.51 Mb.
|
22-var(M ISH)
OSI va TCP/IP
Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi). OSI modelining 7ta pog'onasi: 2.2. Tarmoq standartlariISO – International Organization for Standardization ITU – The International Telecommunication Union ITU-R – ITU Radiocommunications Sector. ITU-T – ITU Telecommunications Sector. ITU-D – ITU Telecom Development. IEEE – Institute of Electrical and Electronics Engineers IETF – Internet Engineering Task Force ISSN -International Standard Serial Number centre 3GPP – 3rd Generation Partnership Project ISO – International Organization for Stndardization. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Organization for Standardization – ISO). ISO – turli xil milliy standartlar tashkilotlari vakillaridan tashkil topgan xalqaro standartlarni belgilovchi tashkilotdir va u mahsulotlar, xizmatlar va tizimlarning sifati, xavfsizligi va samaradorligini ta'minlash uchun standartlarni ishlab chiqadigan mustaqil, nodavlat xalqaro tashkilot hisoblanadi. ISO 1947 yil tashkil topgan bo’lib, uning bosh ofisi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan. Ushbu tashkiloti 165ta standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlarni o’z ichiga oladi va jami 164ta a’zosi bor. Tashkilotning a'zolari o’zaro bilimlarni almashish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlaydigan va global muammolarga echimlarni taklif qiladigan ixtiyoriy, konsensusga asoslangan bozorga mos xalqaro standartlarni ishlab chiqish uchun mutaxassislarni birlashtiradi. ITU – The International Telecommunication Union. Xalqaro elektr aloqa ittifoqi 1865 yil 1 mayda tashkil etilgan eng dastlabgi standartlashtirish tashkiloti bo’lib, o’sha paytlarda telegraf qurilmasi uchun birinchi standartni ishlab chiqqan va xalqaro telegraf tarmog’i tashkil etilgan. 1947 yil 15 noyabrdan boshlab ITU birlashgan millatlar tashkiloti kiritilgan va ixtisoslashtirilgan tashkilot maqomini olgan. Ushbu tashkilotning bosh ofisi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan bo’lib, ITUning 193ta mamlakatdan va 900 ga yaqin biznes, ilmiy muassasalar va xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar uning a’zoligiga kiradi. ITU uchta asosiy sektordan tashkilot topadi: Radio aloqa (ITU-R), Standartlashtirish (ITU-T) va taraqqiot (ITU-D). OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi kunda bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq ishlaydi. TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish va qulay foydalanish hisoblanadi. TCP/IP stek protokollari tuzilishi: Bundan tashqari bizda port tushunchasi mavjud bo'lib, Port bu – mantiqiy bog'lanish tuguni hisoblanib, bu portlar yordamida mantiqiy kerakli protokolga bog'lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy so'rov biron manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda esa so'rov kelgan portga qayta jo'natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta. Portlar quyidagicha bo'ladi: 2.3. Tarmoq topologiyalari Tarmoq tushunchasi haqida 1 bo’limda qisqacha izohlangan bo’lsada, tarmoq ikki yoki unda ortiq bo’lgan tarmoq xizmatlari (matn, ovoz, video, chat va boshqa xizmatlar) foydalanuvchilari o’rtasida o’zaro ma’lumot almashish jarayonini taqdim etuvchi qurilmalar, dasturiy ilovalar, dasturiy ta’minot va uzatish muhitlarining majmuasidan tashkil topadi. Tarmoqlarning ko’p turlari mavjud bo’lib, faqat keng tarqalgan tarmoq turlariga mahalliy tarmoq (LAN) va global tarmoqlarini (WAN) misol qilib keltirish mumkin. Juda ko’p hollarda shahar tarmoqlari (MAN) ham global tarmoqlari sifatida etirof etiladi (1 bo’limga qarang). WAN tarmoqlarida kompyuterlar bir-biri bilan uzoqroq yoki global miqyosida turli operatorlarning aloqa liniyalari, radio to’lqinlari yoki boshqa ulanish vositalari orqali ulanadi. Tarmoqlar odatda uchta xususiyat ko’ra tasniflanadi: topologiya, aloqa protokollar va arxitektura. Tarmoq topologiyasi - bu aloqa kanallari va xostlarni bir-biri bilan o’zaro bo’glanishini tashkil etilishi usullari tushuniladi, ya’ni kompyuterlarning fizik va mantiqiy jixatdan o’zaro bog’lanishiga tarmoq topologiyasi deyiladi. Tarmoqning fizik topologiyasi deganda tarmoqdagi qurilmalarning fizik joylashuvi va o’zaro uzatish muhitlari orqali bog’lanilishi tushunilsa, mantiqiy topologiyada esa tarmoqning qurilmalari o’rtasida qanday ma’lumot uzatilishi va qabul qilinishi tushuniladi. Tugunlar orasidagi masofa, fizik jixatdan o’zaro bo’lanishi, ma’lumot uzatish tezligi yoki signal turlari ikki xil tarmoq o’rtasida farq qilishi mumkin, ammo ularning mantiqiy topologiyalari bir xil bo’lishi mumkin. Tarmoqning fizik topologiyasi - bu OSI modelining fizik pog’onasi orqali ifodalanadi. Tarmoq topoliyalari ta’kidlanganidek, tarmoq qurilmalarini joylashuviga va bir-biri bilan bog’lanishi hamda tarmoqni qurishda foydalanilayotgan standart texnologiyaga mos ravishda har xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Biror tarmoqdagi har qanday tugun tarmoqdagi boshqa qurilmalarga bir yoki bir nechta fizik kanallar orqali bog’lanish imkoniyatga ega bo’lishi mumkin; ushbu kanallarni grafik ravishda bog’lash natijasida geometrik shakllar hosil bo’ladi va hosil bo’lgan shakllarning ko’rinishiga qarab tarmoq topologiyasi nomlanadi. LAN tarmoqlarida turli xil fizik topologiyalardan foydalaniladi, jumladan shina, yulduz, mesh, daraxt, nuqt-nuqta va h.k., 2.1-rasm. Shuningdek, qurilmalarni ulash uchun ishlatiladigan uzatish muhitlarining joylashuvi tarmoqning fizik topologiyasini ifodalaydi. Tarmoq topologiyasi - bu aloqa tarmog'i elementlarining joylashuvi. Tarmoq topologiyasi har xil turdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini, shu jumladan radio tarmoqlarini, sanoat stavkalari va kompyuter tarmoqlarini aniqlash yoki tavsiflash uchun ishlatilishi mumkin. Tarmoq topologiyalari shuningdek, tarmoqni geografik muhitdagi o’rni, foydalanuvchilari soni va foydalaniladigan texnologiyasiga muvofiq tanlanadi. Bir qancha tarmoq topologiyalari mavjud: mesh, yulduz, daraxt, shina, halqa ва 3-D torus. Misol uchun mesh topologiyali tarmoq - bu lokal tarmoq topologiyasida ishlatiladi, unda infratuzilma tugunlari to'g'ridan-to'g'ri, dinamik va ierarxik bo'lmagan holda boshqa ko'plab tugunlarga ulanadi va ma'lumotlarni foydalanuvchilarga samarali yo'naltirish uchun bir-biri bilan hamkorlik qiladi. Bunday topologiyalar har doim ham o’zini oqlamaydi, sababi qurilishi qimmatga tushadi. Yulduzli topologiyaga asoslanga tarmoq bo’lib, bunda kompyuter tarmoqlari markazida joylashgan tarmoq elementni o’ziga ulangan qurilmalarni boshqarad. Shuningdek, yulduzli topologiyada har bir xost markaziy qurilmaga ulanadi, bitta markaziy qurilma xabarlarni uzatish uchun kanal vazifasini bajaradi. Bu topologiya eng keng tarqalgan kompyuter tarmog'i topologiyalaridan biridir. Torus aloqali topologiya - bu parallel kompyuter tizimidagi ishlov berish tugunlarini o'zaro bog'lash uchun kalitsiz tarmoq topologiyasi hisoblanadi. Bu yangi avlod topologiya hisoblanadi va ko’plab kompyuterlarni 3 o’lchamli holatda bir biri bilan bog’laydi, 5-rasm. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar A. I. Yakushev, L. N. Vorontsov, N. M. Fedotov Oʻzaro almashinish, standartlashtirish va texnik oʻlchovlar. 6-nashr, qayta koʻrib chiqilgan. va qoʻshimcha.. — M. : Mashinostroenie, 1986. — 352 p. Shestakov G. K. Universitetda davlat taʼlim standartlari: kecha, bugun, ertaga // Bilim. Tushunish. Malaka. — 2005-yil. — № 4. — S. 13-15. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling