Iv. Hayot faoliyati xavfsizligi


ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changiar, ularning zararli ta’siri


Download 29.52 Kb.
bet3/4
Sana24.06.2023
Hajmi29.52 Kb.
#1653192
1   2   3   4
Bog'liq
zokirov IV.Hayot faoliyati xavfsizligi

ishlab chiqarish havosi tarkibidagi changiar, ularning zararli ta’siri Sanoatda, qishloq xo‘jaligida bajariladigan ishlarning hammasida, transport vositalarining ishlatilishida changiar hosil boUadi va ajraladi. Bunday changiar kelib chiqish manbalariga ko‘ra: tabiiy va sun’iy changlarga bo‘linadi. Tabiiy changiar - inson faoliyatiga bog‘liq boimagan holda hosil bo‘ladigan changiar. Bunday changiar shamol va kuchli bo‘ronlar ta’sirida qum va tuproq yemirilgan qatlamlarining uchishi, o‘simlik va hayvonot olamida paydo bo‘ladigan changiar, vulqonlar otilishi, kosmosdan keladigan changiar (kosmik jismlaming yerga tushishi, yonib ketishidan hosil bo'ladigan changiar) kiradi. Tabiiy changlaming miqdori tabiiy sharoitga, havoning holatiga, yil fasliga, aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqada joylashganligiga bog‘liq. Masalan, atmosferadagi changiar miqdori shimoliy tumanlarga nisbatan janubiy tumanlarda, o‘rmon zonalariga qaraganda cho‘l zonalarida, qish oylariga nisbatan yoz oylarida ko‘proq bo‘lishi ma’lum. Ma’lumotiarga qaraganda, har bir kubometr havo tarkibida katta shahar hududlarida 6 ming atrofida, avtomobil vositalaridan ajraladigan qurum va tutunlami ham qo‘shib hisodlaganda 30 ming atrofida har xil kattalikdagi chang zarralarini tashkil etadi. Sun’iy changlarga sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan changiar kiradi. Jumladan, cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish pechlaridan, issiqlik elektr stansiyalarida (IES) ko‘mir yoqilishidan, qurilish ishlarida yer qazish ishlari, portlatish ishlari, sement ishlab chiqarish, togiardan ma’danlami qazib olish ishlari va boshqa ishlarda juda ko‘p miqdorda changiar ajraladiki, bu changlami atrof muhitga chiqarib yuborish natijasida tabiatga halokatli ta’sir ko‘rsatishi ma’lum. Shuningdek, sanoatning ba’zi bir tarmoqlarida, masalan, kimyo sanoatida xavfli sanoat changlari ajralib, ulaming chiqarib yuborilishi fojiali holatlami vujudga keltiradi. Changlaming zararli ta’siriari ulaming kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Changiar kattaligi bo‘yicha 3 gurahga bo‘linadi: 1 - yirik changiar (kattaligi 10 mkm dan katta bo‘lgan changiar). Bunday changiar o‘z og‘irligi ta’sirida yerga tushadi; 2 - mayda changiar (kattaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bo‘lgan changiar) bunday changiar yomg‘ir, qor 38 yog‘ishi natijasida yerga tushishi mumkin; 3 - ultramikroskopik changlar (kattaligi 0,25 mkm dan kichik changlar, ular yerga qo‘nmaydi). Ishlab chiqarish changlarining inson organizmiga ta’siri ko‘p omillarga bogiiq. Ularga chang zarrachalarining kattaligi, shakli, uning havodagi miqdori, ta’sir etish muddati, ulaming fizik-kimyoviy xossalari, ish jarayonining muhiti va boshqa ta’sirlar kiradi. Masalan, tashqi harorat koiarilganda kishi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganda tez-tez nafas olishi natijasida organizmga chang kirish darajasi oshadi. Bir vaqtda chang tarkibida radioaktiv aerozollaming boiishi va havodagi boshqa gazlaming ta’siri changning organizmga zararli ta’sirini kuchaytiradi. Chang zarrachalarining gigiyenik ta’siridan tashqari yana boshqa salbiy ta’sirlari ham bor, jumladan: a) changlar texnologik jihozlarning yemirilishini tezlashtiradi; qimmatbaho materiallami yaroqsiz holatga keltirib, iqtisodiy zarar yetkazadi; b) texnosferada changlaming tarqalishi sanitariya holatini yomonlashtiradi, jumladan, deraza va yorituvchi jihozlaming ifloslanishi oqibatida yoragiikni kamaytiradi; d) ko‘mir, yog‘och, solyar moyi changlari yongin va portlashlaming yuzaga kelishiga sharoit yaratadi. Changlarning kimyoviy tarkibi, emvchanligi, katta-kichikligi, shakli, ulaming tuzilishi (kristall yoki amori), elektr oikazuvchanligi va boshqa xususiyatlari ularning organizmga ta’sir qilishida muhim rol o‘ynaydi. Changlaming organizmga ko‘p tomonlama ta’siri ulaming kimyoviy tarkibiga bogiiq boiadi. Eng avvalo, changning salbiy ta’siri nafas olganda kuzatiladi. Bunda chang havo bilan nafas olinganda nafas organlarini zararlaydi. Bundan tashqari changlar yuqori nafas yoilarining, ko‘z shilliq qavatining, teri qoplamasining, o‘pka yoilarining zararlanishiga olib keladi. Changlar ichida kremniy va uning birikmalarining changi eng xavfli hisoblanadi. Jumladan, kremniy oksidi (kvars), silikat changlari, ba’zi bir metallar (aluminiy va boshqalar)ning changlari va ularning aralashmalari erimaydigan hisoblanib, nafas olish tizimlarida tutilib qoladi va aluminoz kasalligini yuzaga keltiradi. Eriydigan changlar nafas yoilarida tutilib so‘riladi va qonga o‘tadi, ular kimyoviy tarkibiga qarab organizmda turli xilda ta’sir xususiyatlarini namoyon etadi. Masalan, qand changi zararsiz, qo‘rg‘oshin, mis va boshqa metallarning changi zahariovchi ta’sir ko‘rsatadi. Changlaming katta-kichikligi ulaming havodagi turg‘unligi, nafas yoilariga kirishi va qancha chuqurlikka kirib borish imkoniyatini belgilaydi. Masalan, 10-20 mkm kattalikdagi zarrachalar Nyuton qonuniga 39 bo‘ysungan holda yerga tortishish kuchi ta’sirida ma’lum tezlik bilan yerga tushadi. Inson nafas olganda ular nafas yoilarining yuqori qatlaralarida ushlanib qoladi. Mikroskopik zarrachalar esa (0,25-10 mkm) havoda ancha turg‘un b o iib , bir xil tezlikda yerga tushadi. Nafas olinganda asosan ularning 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari nafas yoilariga kiradi. Ultramikroskopik zarrachalar kattaligi 0,25-0,1 mkm va undan kichik boigan zarrachalar Broun harakatiga bo‘ysunganligidan havoda uzoq vaqt turadi. Ular o‘zaro harakatlanganda bir-biri bilan to‘qnashishilari natijasida yiriklashib, yerga tushadi. Bunday muhitda nafas olingan havodagi ultramikroskopik zarrachalarining 60-70% i o ‘pkada ushlanib qoladi. Bu zarrachalaming massasi katta boim aganligidan changli shikastlanishning rivojlanishi katta boim aydi. Chang zarrachalarining shakli har xil b o iish i mumkin: sferik, yassi, turli shaklli. Aerozollar hosil boiishida chang zarralari miqdorining ko‘p qismi sferik shaklga ega boiadi. Dezintegratsiya aerozollarida esa yassi shaklli va murakkab shaklli zarrachalar boiadi. Mana shunday shaklli zarrachalardan shisha tolasi, sluda kabilarining changlari nafas yoilariga kirganda yuqori nafas yoilari hujayralarini zararlaydi hamda ko‘zning shilliq qavatiga va teriga ta’sir ko‘rsatadi. Chang zarrachalarining elektr bilan zaryadlangan boiishi aerozollaraing turg‘unligiga va ulaming biologik faolligiga ta’sir qiladi. Qattiq materiallaming changishi vaqtida chang zarrachalarining 90-98% i musbat yoki manfiy zaryadlanadi. Yirik zarrachalar esa quyi zaryadli boiadi. Changning zararli ta’siri pnevmokoniozlar deb ataluvchi asab kasalligiga olib keladi. Ular silikoz, silikatoz va boshqa shakllarda boiishi mumkin. Silikoz - toza kremniy (II) oksidi changining ta’siridan pnevmokiniozning ko‘p uchraydigan va xarakterli shakli. Silikatoz - kremniy kislota tuzlarining changi nafas olish yoilariga kirganda paydo boiadi. Pnevmokonioz - kasallikgi ko‘mir, aluminiy, temir va aralash tarkibli changlar ta’sirida ham rivojlanishi mumkin. Silikoz juda changU sharoitda odatda ko‘p yil, ko‘pincha o g ir jismoniy ish bajarilganda rivojlanadi. Bu kasallik tog‘-kon va sement, alebaster ishlab chiqarish ishchilarining kasb kasalligi hisoblanadi. Silikoz kasalligi halloslash, yo‘tal, ko‘krak qismida og‘riq boiishidan boshla40 nadi. Boshlanishida bu belgilar kam sezilarli bo‘lib, halloslash faqat jismoniy ish bajarganda paydo bo‘ladi. Kasallik kuchaygan davrda nafas yetishmasligi va halloslash, oddiy ishlami bajarganda va hatto tinch holatda turganda ham ro‘y beradi.Ishlab chiqarishdagi changiar faqat pnevmokoniozning yuzaga kelishiga sabab bo'lmay, balki nafas yo‘llari, teri va shilliq qavatning boshqa kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Bularga teri hujayralarining ko‘chishi, har xil toshmalar, ekzema, dermatitilar kiradi.



Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling