Iv. Hayot faoliyati xavfsizligi


Ishlab chiqarishda mo‘tadil ob-havo sharoitini yaratish


Download 29.52 Kb.
bet2/4
Sana24.06.2023
Hajmi29.52 Kb.
#1653192
1   2   3   4
Bog'liq
zokirov IV.Hayot faoliyati xavfsizligi

Ishlab chiqarishda mo‘tadil ob-havo sharoitini yaratish O‘zbekiston Respublikasining bir qator ishlab chiqarish obyektlarida qulay ob-havo sharoitlari yaratilishi natijasida ularga b ogiiq boigan kasb kasalliklarini kamaytirishga erishilgan. Bu ishlami amalga oshirishda xonalarga issiqlik kirishini va uning ishchilarga ta’sirini kamaytirish, shamollatishning qulay usullarini qoilash, mehnat vadam olish rejimlarini muvofiqlashtirish, har xil tarkibli ichimlik suvlarini tashkil qilish, ish jarayonlarida foydalaniladigan kiyimboshlami mukammallashtirish va boshqa omillar bilan amalga oshiriladi. Ish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va uskuna-jihozlarining zamonaviy 35 (takomillashgan) turlaridan foydalanish orqali ish xonalariga issiqlik kirishini kamaytirishga erishiladi. Masalan, p o iat quyish sexlarida elektr pechlaridan foydalanish, metallarai mexanizmlar yordamida toblash, metallurgiya pechlarini avtomatlashtirish, issiq mahsulotiami alohida xonalarda sovutish va boshqa jarayonleirni aytish mumkin. Ikkinchi tomondan, bajariladigan ishlami mexanizatsiyalashtirish mehnatni yengillashtiradi, energiya sarflarini kamaytiradi, shu tariqa organizmning issiqlab ketish imkoniyatini kamaytiradi. Jarayonlarni masofadan turib boshqarish ham nurlanish manbayi bilan ishchi o‘rtasidagi masofani uzaytiradi va bu ishchiga ta’sir qiladigan radiatsiya kuchini kamaytiradi. Uskunalar yuzasini issiqlik chiqishini kamaytiruvchi materiallar bilan qoplash, ishchilami nur va shu’lalanish issiqligidan muhofaza qiladigan himoya ekranlarining qurilishi ham ijobiy natijalarni beradi. Bunda ekranlar vazifasini issiqlik chiqishini kamaytiruvchi materiallar bilan qoplangan to'siqlar, pech tuyniklari ichida suv aylanib yuradigan sovutgichli ichi g‘ovak uskunalar, suv purkaydigan to‘siqlar, issiq gazlar haroratini kamaytiruvchi to‘siqlar bajarishi mumkin. Jumladan, domna pechlari va ayrim isitadigan pechlar yuzasini oqar suv aylanib yuradigan ichi g‘ovak eki'anlar bilan qoplash ish maydonchasidan havo haroratini 50°C dan 28—30“C gacha pasaytirishi, infraqizil nurlanishni ham bartaraf etishga erishiladi. Xonalardagi ortiqcha issiqlikni yo‘qotishda shamollatish ham muhim rol o‘ynaydi. Ayrim ish joylari va zonalarida normal mikroiqlimni vujudga keltirish uchun havo dushlari tashkil qilinadi. Shu asnoda qator ishlab chiqarish korxonalarida havoni moiadillashtirish (shamollatish)dan keng foydalaniladi. Mehnat qilish va dam olishning oqilona rejimini tashkil qihsh uchun, ish kununi qisqartirish, qo‘shimcha tanaffuslar joriy etish, samarali hordiq chiqarish uchun sharoitlar yaratish y o ii bilan amalga oshiriladi. Bu borada mamlakatimizda yuqori haroratli sexlardagi ko‘pgina kasblar uchun 6 soatli ish kuni belgilangan. Bunda ishni o‘z vaqtida boshlash, ko‘p smenali ishlarda esa issiq davrni (soat 12 dan - 16 gacha) smenalar o ‘rtasida bir me’yorda taqsimlash lozim. Qo‘shimcha tanaffuslami (tushlik tanaffusidan tashqari) necha marta va qancha muddatga tashkil etish fiziologik tekshirishlar asosida belgilanadi. Ulaming davomiyligi toliqish belgilarini yo‘qotishga va tashqi muhitga raoslashuv jarayonini me’yorga solishga imkon beradigan boiishi kerak. Dam olish vaqtida ishchi ob-havo sharoitlari normal (18-20“C) haroratda, dam olish uchun 36 maxsus o‘rindiqlar, stullar, kresloiar boigan xonada boiishi kerak.Agar alohida xonada dam ohsh tashkil qilish imkoni boim asa, ish joylari yaqinida dam olish zonalari tashkil etilib, bunda shamollatish vositalari bilan normal harorat va havo harakati saqlab turiladi. Kiyim-boshni hoilash, suv bilan bogiiq tadbirlar (smena maboynida 2-3 marta) organizmdan ortiqcha issiqlikni tez chiqaradigan qo‘shim.cha vositalar hisoblanadi. Shu maqsadda ish joylariga yaqin dushxonalar tashkil etiladi. Oqilona ichimlik rejimini tashkil etish organizmdan yo‘qotilgan namlik, tuzlar va darmondorilarning o‘rnini qoplash uchun kerak. Bir smenada 4-4,5 kg tana massasini yo‘qotadigan sexlarning ishchilari tuz qo‘shilgan gazli suv (0,5% NaCl eritmasi) bilan ta’minlanishi zarur. Bir smenada 3-3,5 kg gacha tana massasini yo‘qotadigan ishchilarga ovqat ratsioniga tuz qo‘shib beriladi. Ular oddiy gazli suv, ba’zan issiq choy va organizm faoliyatini oshiradigan hamda yo'qotilgan darmondorilar o‘rnini qoplaydigan boshqa ichimliklar bilan ta’minlanadilar. Issiqlab ketish va issiqlik nurlanishining boshga hamda ko‘zga salbiy ta’sirini kamaytirishda shaxsiy saqlovchi vositalari muhim rol o‘ynaydi. Korxona keng, himoya kiyimlari m o i va qulay tikilgan, matosi esa bugianishi va issiqlik berishi qulay boigan matolar (tabiiy ip-gazlama, zig ir poyasidan to‘qilgan matolar)dan tayyorlanishi zarur. Issiqlik nurlanishidan himoya qilish uchun esa yuzasiga tushadigan infraqizil nurlami qaytamvchi yupqa metall qatlamli (aluminiy qatlamü) matolar qoilaniladi. Boshni issiqlik radiatsiyasidan himoya qilish uchun dyuraluminiydan tayyorlangan kaskalar, enli kigiz qalpoqlar, ko‘zni himoya qilish uchun esa ko‘zoynaklar qoilaniladi. Ochiq havoda ishlaganda doimiy ish joylarida quyosh nurlaridan himoya qiladigan soyabonlar qurish zarur. Mashina kabinalari ochiq ranglarga bo‘yaladi, issiqlikni muhofaza qiladigan materialiar esa havoni mo'tadillashtiruvchi vositalar bilan jihozlanadi. Dam olish joylarining ish joylari yoniga qurilishi, quyosh va shamollardan pana qilinishi va dushxonalami qurish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, sovutilgan ichimlik suvi va choy hamisha boiishi zarur.

Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling