IV-mavzu: Avtotebranishlar. To‘lqintenglamasi
Reja:
Tebranishlar va ularning xossalari
Avtotebranishlar
To‘lqin tenglamasi
Xulosa
Tebranishlar va ularning xossalari
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Tebranishlar — muayyan vaqt oraliklarida takrorlanib turadigan xarakatlar. Mas., soat mayatnigining tebranishi, cholgʻu asboblari torlarining yoki kamerton oyoqchalarining tebranishi, radiopriyomnik konturidagi kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanishning tebranishi va boshqa shunday takrorlanuvchanlik xossasiga egadir. Takrorlanayotgan jarayonning fizik tabiatiga qarab mexanik, elektromagnit, elektromexanik va boshqa T.ga ajraladi.
T. tabiatda va texnikada keng tarqalgan. Koʻpchilik hollarda ular salbiy taʼsir qiladi. Relslarning qoʻshilish joyidan utayotganda poyezdning gʻildiraklari beradigan turtkilar koʻprikning tebranishiga, suzish vintining aylanishi kema tanasining tebranishiga, samolyot qanotlarining tebranishi halokatga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda T.ni xavfli chegaragacha kutarilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tegishli choratadbir koʻriladi. Shunga qaramasdan T. texnikaning turli sohalarida muhim ahamiyatga ega. Mac, radiotexnika tebranma jarayonlarga asoslangan. Tebranayotgan tizimga koʻrsatilayotgan taʼsir xarakteriga koʻra, T. erkin T., majburiy T., avto T. va parametrik T.ga boʻlinadi. Muvozanat holatidan chiqarilgandan keyin oʻzicha tebranadigan tizimda yuz beradigan T.ga erkin T.; davriy ravishda oʻzgaruvchi tashqi kuch taʼsiri ostida boʻladigan T.ga majburiy T. deb yuritiladi.
Avtotebranishlar vaqtida majburiy T.dagi kabi tebranuvchi tizimga tashki kuchlar taʼsir qiladi, biroq bunday taʼsir koʻrsatilishi zarur boʻlgan vaqt momentlarini tebranuvchi tizimning oʻzi belgilaydi, tashqi taʼsirni tizimning oʻzi boshqaradi. Mac, mayatnikli soatda mayatnik, koʻtarib qoʻyilgan toshning yoki buralgan prujinaning energiyasi hisobiga turtki olib turadi, bunda bu turtkilar mayatnik oʻrta holatdan oʻtayotgan momentlardagina beriladi. Parametrik T. vaqtida tashqi taʼsir hisobiga tizimning biror parametri, mas., tebranayotgan sharcha osilib turgan ipning uzunligi davriy ravishda oʻzgarib turadi.
Eng sodda tebranish garmonik T.dir. Garmonik T.da tebranuvchi kattalik vaqt boʻyicha sinus yoki kosinus qonuni boʻyicha oʻzgaradi. Bu turdagi tebranish quyidagi sabablarga koʻra juda muhimdir: tabiatda va texnikada uchraydigan T. oʻz xarakteri boʻyicha garmonik T.ga juda yaqin; boshqacha koʻrinishdagi davriy T.ni ustmaust tushgan bir necha garmonik T. sifatida tasavvur qilish mumkin. Tebranish jarayonlarining fizik mohiyati turlicha boʻlishiga qarmay, ulardagi T.ning oʻziga xos xususiyatlari bir xil qonuniyatga boʻysunadi. Garmonik T.ning oʻzaro qoʻshilishidan turli T., mas., bir xil chastota va turlicha fazalarga ega bulgan oʻzaro perpendikulyar ikkita garmonik T. yigʻindisi fazalar ayirmasiga qarab tebranuvchi nuqtaning trayektoriyasi toʻgʻri chiziq, aylana yoki ellipedan iborat bulishi mumkin. Chastotalari turlicha va uzaro perpendikulyar bulgan ikkita garmonik T. yigindisini ifodalovchi nuqta harakatining trayektoriyalari gʻoyat murakkab chiziklardan iborat. Bu chiziklar Lissaju figuralari deb yuritiladi. Garmonik T.dan iborat turlicha murakkab T. mexanika, elektrotexnika, radiotexnika, optika va boshqafan hamda texnika sohalarida koʻp uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |