5-lаbоrаtоriya mаshg’ulоti
IV-VI GURUX KATIONLARI ARALASHMASI TAXLILI
Ko’rsatilgan taxlil yo’li bo’yicha taxlil bayonnomasi to’ldiriladi. Bayonnoma jadvaliga bajariladigan barcha ishlar, taxlil chizmasi, ajratish va ochish reaksiyalari, belgilangan shaklga muvofiq yoziladi va xulosa ustunlari to’ldiriladi. Kuzatish natijalari va xulosa 6-laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv-tadqiqot ishini bajarish jarayonida to’ldiriladi.
Dastlabki kuzatishlar
Taxlil qilinayotgan eritma tiniq yoki cho’kma bo’lishi mumkin. Cho’kmali bo’lsa, vismut (III), simob (II) yoki boshqa IV-VI gurux kationlaridan birortasi borligini taxlil qilish mumkin. Berilgan aralashma rangsiz yoki rangli bo’lishi mumkin. Rangga qarab IV-VI guruxdagi ayrim kationlari bor yoki yo’qligini taxmin qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |