Iv-xi asrlarda Vizantiyada, Eron Arab musulmon davlatlarining yuksalishi Reja
V-VI asr boshlarida Vizantiyaning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Download 307.93 Kb. Pdf ko'rish
|
2 maruza
V-VI asr boshlarida Vizantiyaning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. IV-VI asrlarda Vizantiya
imperiyasi о„sha davrdagi xalqaro aloqalarda muhim о„ringa ega bо„lgan eng yirik davlat edi. U Eron, Qora dengiz va Kavkaz orti mamlakatlari bilan savdo aloqalarini olib borar edi. Bu davrda Vizantiya Italiya, Ispaniya va Galliya kabi mamlakatlar bilan ham savdo aloqalarini olib borgan. Imperiyaning turli viloyatlaridagi qulay shart-sharoit iqtisodiyotning muhim omili bо„lgan. О„rta Yer dengizi sohilidagi Frakiya, Makedoniya, Fessaliya, Pellopones pasttekisliklarida boshoqli don, zaytun, uzum, mevalar yetishtirilgan. Misr qadimdan о„zining yuksak hosilli yerlari bilan shuhrat qozongan. Kichik Osiyoning dashtlari, Suriya chо„llarida chorvachilik rivojlangan. Bolqon yarim orolining Konstantinopol tomon tog„ yon bag„irlarida, qirlarda, о„rmon va о„tloqlarda chorva mollari boqilgan. Eron Islom respublikasi-Janubi-g„arbiy Osiyoning eng katta davlatlaridan biri bо„lib, aholisi-71,2 mln.kishi (2010 yil ma‟lumotlari), hududi-1,65 mln. km.kv, poytaxti-Tehron shahri. Eron Islom Respublikasi 1992 yil 10-mayda О„zbekistonning suverenitetini tan oldi va 1992 yil 25-noyabrda ikki davlat о„rtasida diplomatik munosabatlar о„rnatildi. Hozirgi kunda 50 ga yaqin О„zbekiston-Eron qо„shma korxonalari faoliyat kо„rsatmoqda. Sosoniylar davlatini tashkil topishi xususida shuni ta‟kidlash lozimki, Parfiya davlati о„rnida yuzaga kelgan yangi davlat Eronni birlashtirish tashabbusi, bir paytlar Ahamoniylar davlatining dastlabki markazi bо„lgan Forsdan kelib chiqdi. Salavkiylar davridayoq ma‟lum bir siyosiy mustaqillikka erishgan Fors, vassal podsholiklarning biri sifatida Parfiya davlati tarkibiga kirgan. Uning hukmdorlari mil.avv.II asrda shoh unvonini qabul qilishgan bо„lib, о„zlarini о„tmishdoshlari Fratakiylar singari tangalarini zarb etishgan. Sо„nggi Sosoniylar davri an‟analariga kо„ra Arshakiylar vaqtida Forsni Bazrangiylar sulolasi boshqargan bо„lib, uning sо„nggi hukmdori esa Gochixr edi. Forsning poytaxti Staxr (hozirgi Istaxr, qadimgi Persepol yaqinida) bо„lgan. Forsda shuningdek mayda hukmdorlar ham bо„lgan. Shunday hukmdorlardan bir Soson urug„idan bо„lgan Papak bо„lib, u bir vaqtni о„zida Forsda izzat - hurmatga ega bо„lgan Anaxita ma‟budasi ibodatxonasini kohini ham sanalib, Papak, 208 (yoki 209) yilda Gochixrni taxtdan ag„darib, о„ldirdi va podsho hokimiyatini egalladi. II asr oxiri-III asr boshlariga kelib о„zaro urushlar Parfiya davlatining kuchsizlanib qolishiga olib keldi. 208- yilda Parfiya davlati ikki qismga bо„linadi. Keyinchalik esa Parfiya yana bir necha mayda davlatlarga ajralib ketadi. Bundan Eronning janubi-g„arbida joylashgan pors qabilalari foyfalanib, Staxr shahrida hokimiyatni egallab oladilar. Bu janglar tepasida porslarning soson urug„idan bо„lgan Bobak turardi. 222 yilda Papak vafot etgach, Porso viloyati taxtiga uning о„g„li Ardasher I (224-239) о„tiradi. Ardasher Fors bilan qо„shni bо„lgan ayrim viloyatlar, Karmon, Xuziston va boshqalarga о„z hukmdorligini yoydi, Parfiya davlati tarkibiga kirgan bir qator mayda podsholiklarni hukmdorlari bilan ittifoqchilikda Arshakiylardan bо„lgan Parfiya shohi Artaban V ni 224-yilda bо„lib о„tgan jangda yengadi va Arshakiylar sulolasi (Arshakiylar- mil.avv.250 yildan-milodiy 224 yilgacha Parfiyada hukmronlik qilgan sulola. Sulolaga day qabilasining boshlig‘i Arshak asos solgan. Bu davlatga hozirgi Sharqiy Eron va G‘arbiy Turkmaniston yerlari tobe bо‘lgan) 5 , hokimiyatini tugatdi va yangi davlat-Sosoniylar davlatiga asos soldi. Parfiya sosoniylar davlatiga qо„shib yuborilgan. 4 Roger B.Besk.Linda Blask, Larry S. Krieger, PhilipsC. Naylor, Dahia Ibo Shabaka „‟World history: patterns of interaction‟‟. MeDougle Little, USA, 2009. P. 51. 5 Roger B.Besk.Linda Blask, Larry S. Krieger, PhilipsC. Naylor, Dahia Ibo Shabaka „‟World history: patterns of interaction‟‟. MeDougle Little, USA, 2009. P. 87. Davlatning nomi Porso viloyati (Fors) ning sosoniylar urug„idan bо„lgan birinchi shohi Papakning otasi Soson nomi bilan atalgan. 226-yilda Ardasher I poytaxtni Staxr shahridan Dajla daryosi bо„yidagi Ktesifonga deb kо„chiradi. Ktesifonda Ardasher I Sosoniy davlati taxtiga chiqish marosimini о„tkazgach, Sosoniylar davlatining chegaralarini kengaytirishga harakat qildi. Ardasher I vafotidan keyin Sosoniylar davlati taxtiga Shopur I chiqadi. Shu vaqtdan boshlab sosoniy taxtiga chiqqan sulola vakillari “shahanshoh” unvoniga ega bо„ldilar. Sosoniylar (224-651yillar)-ikkinchi fors imperiyasi va uchinchi eroniylar sulolasi bо„lib, ular о„z davlatlarini Eronshahr-Eroniylar (Oriylar) davlati deb nomlashgan. Bu davlat hududiga Mesopatamiya, G„arbiy Hindiston, Xuziston kirgan. Bu yerda aholi qabilaviy holda istiqomat qilib, ular 240 taga yaqin bо„laklardan iborat edi. Faqatgina Porsoda bir-biriga yaqin qabilalar bir xalq bо„lib uyushgan edilar. Keyinchalik Eronning birlashishi xuddi shu Porso viloyati atrofida boshlandi. Porso keyinchalik Fors viloyati deb ataldi. Ushbu yer aholisi forslar deb, qadimgi Eron esa Persiya deb yuritilgan. Sosoniylar davlati – Yaqin va О„rta Sharqdagi III – VII asrlarda hukm surgan Sosoniylar sulolasi tomonidan boshqarilgan davlat bо„lib, Parfiya davlatini о„rnida tashkil topgan. Ardasher I 224 yilda Eronni va ba‟zi qо„shni viloyatlarni egallab olib, Parfiya hukmdori Artaban V ning qо„shinlarini tor – mor qildi, hamda milodiy 226 – 227 yillarda Ktesifonda hukmdorlik tojini kiydi. Arabiston yarim oroli Osiyo qit‟asining janubi-g„arbida joylashgan. Tomonlari teng bо„lmagan tо„rtburchakni tashkil qiluvchi bu yarim orolning shimolida Suriya-Mesopotamiya dashti, sharqida esa Fors kо„rfazi, janubida - Hind okeani va g„arbida Qizil dengiz bilan tutashadi. Yarim orolning uzunligi 2 ming km, eni esa 1,5 ming kilometrdan ziyodroq. Arab tilida u "Jazirat al-Arab", ya‟ni "arab oroli" deb ataladi. Qadimgi Arabiston Ossuriya matnlarida "arabi", Bobil matnlarida "matu arabi", qadimgi Eron manbalarida "araboye", va nihoyat, oromiy yozuvlarida "bet Arabaya" nomlari bilan atalgan 6 . Shuningdek, bu matnlarning mazmunidan tushunilishicha, ularda asosan Iroq bilan Suriyani ajratib turgan sahro, ya‟ni Shimoliy Arabiston kо„zda tutilgan. Qadimgi yunon-rim manbalariga kо„ra, Qadimgi Arabiston jо„g„rofiy jihatdan uch qismga bо„lingan: 1) Tog„li Arabiston (Agabia Retgaye) - Qizil dengizning shimoliy sohili va Sino yarim orolidan shimoli-sharqda joylashgan uchburchak shakldagi hudud; 2) Sahroviy Arabiston (Agabia Dezerta) – Suriya - Mesopotamiya dashti bilan chegaradosh bо„lgan va yarim orol ichkarisining bir qismini о„z ichiga olgan joylar; 3) "Saodatli Arabiston" (Agabia Felix) - yarim orolning yuqorida zikr qilingan ikki qismidan tashqari bо„lgan hududlar hisoblanadi. Shuningdek ta‟kidlab aytish kerakki, yunon- rim mualliflari yarim orol ichki rayonlarining katta qismini о„rganmay turib, ularni "Saodatli Arabiston"ga qо„shganlar. Aslida bu yerlarning kо„pchiligi sahrolardan iborat. "Saodatli Arabiston"ni yarim orolning janubiy-g„arbiy qismi, ya‟ni Yaman bilan cheklamok, darkor. Qadimgi va о„rta asrlar davriga taalluqli bо„lgan aksariyat arab manbalarida Arabiston yarim orolining aholi yashaydigan qismi besh о„lkaga bо„lingan: bular, Yaman, Hijoz, Tihoma, Najd va Yamoma. Arablar somiy xalqlar majmuasiga mansubdirlar. Somiy tillari aslida tо„rt katta turkumni tashkil qiladi: 1) shimoliy-sharqiy - qadimgi Bobil va Ossuriya lahjalarini о„z ichiga olgan Akkad tili; bu tilda miloddan avvalgi III ming yillikning о„rtalaridan miloddan avvalgi I ming yillik oxirlarigacha yozilgan manbalar mavjud; 2) shimoliy-g„arbiy-xanaan (amorey, ugarit, finikiy, qadimgi yahudiy) va oromey tillari; 3) arab tili; 4) arab-habash tili 7 . "Arab tili" va "arablar" tushunchalari nisbatan kech, asosan miloddan keyin paydo bо„lgan. Ammo mutaxassislar Arabiston yarim orolida eramizdan bir necha ming yil avval aholi 6 Древние цивилизации. Под обшей редакцией Бангарда-Левина Г.М. М., 1989. С. 143. 7 Roger B.Besk.Linda Blask, Larry S. Krieger, PhilipsC. Naylor, Dahia Ibo Shabaka „‟World history: patterns of interaction‟‟. MeDougle Little, USA, 2009. P. 116. yashab kelgan, deb hisoblaydilar. Arab tarixiy adabiyotida "somiy kо„chishlari" degan tushuncha mavjud bо„lib, unga kо„ra, gо„yoki Arabistonda aholining tabiiy о„sishi qadim zamonlarda shunchalik yuqori nisbatda bо„lganki, taxminan har ming yilda yarim oroldan tashqari rayonlarga somiy xalqlarining katta kо„chishi yuz berib turgan. Arab tarixchilari qadimgi Arabiston aholisini ikki katta guruhga bо„ladilar: islomdan oldin yо„q bо„lib ketgan arablar (arab boida) va islomdan keyin saqlanib qolgan arablar (arab boqiya). Ikkinchi guruhni odatda yana ikki qismga ajratadilar: a) janubiy yoki "asl" arablar (arab oriba), b) shimoliy arablar (arab musta‟riba). Qadimdan Arabiston yarim orolida arablar tarqoq holda yashardilar. VI asrning oxiri va VII asr boshlarida, ya‟ni islom dinining vujudga kelishi arafasida Somiy qavmiga mansub arab qabilalari o‟rtasidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasi bir xil emas edi. Yamanda savdo-sotiq rivojlanib, ilk davlatchilik belgilari shakllanayotgan bir paytda, yarim orolning shimoliy qismida joylashgan shaharlarda hali ham ibtidoiy turmush tarzi saqlanib qolgan edi. Sahrolarda ko‟chmanchi chorvachilik bilan hayot kechiradigan arab qabilalari esa, hatto patriarxal urug‟chilik tuzumining ilk bora yemirilish bosqichida turardilar. Arabiston yarim orolida yashagan qabilalarninig ko‟pchiligi ularga qo‟shni bo‟lgan Misr, Vizantiya, Eron, Mesopatamiya kabi qadimiy madaniyat markazlariga qaraganda tarixiy taraqqiyotning ancha quyi bosqichida bo‟lib, orqada qolgan edilar. Download 307.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling